Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
Krishtianu Ronaldu jurnalist Edu Agirre bilan suhbatda o‘g‘li qaysi futbolchiga ishqibozlik qilishini aytdi.
39 yoshli portugaliyalik forvardning ma’lum qilishicha, kichik Ronaldu Kilian Mbappening muxlisi sanaladi. Krishtianu o‘g‘li uni odatda Mbappe bilan taqqoslashini aytdi.
«O‘g‘limga Mbappe yoqadi. U «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim. Bu qiziq», - deya tabassum bilan javob qaytargan Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Krishtianu yaqinda faoliyatidagi rasmiy o‘yinlarda 920-golini urib, futbol tarixida bunday natijaga erishgan birinchi o‘yinchiga aylandi.
Ronaldu «Sporting»da 5ta gol, «Manchester Yunayted»da – 145ta, «Real»da – 450ta, «Yuventus»da – 101ta, «An-Nasr»da 85ta va Portugaliya milliy jamoasi safida 134ta golga mualliflik qilgan.
39 yoshli hujumchi futbol tarixidagi, milliy jamoalar, Yevropa chempionati, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi goleador sanaladi.
Fransiyalik 26 yoshli hujumchi Kilian Mbappe esa hozirgacha professional faoliyatida jami 405ta o‘yinda 303ta golga mualliflik qilgan. Ya’ni, u «Monako», «PSJ» va «Real» tarkibida hozirgacha 319ta o‘yinda 255ta gol urgan bo‘lsa, Fransiya milliy jamoasi safida 86 o‘yinda 48ta golga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
00:53
Ronaldu JCh-2026 faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati ekanligini aytdi
10:45 / 05.07.2026
JCh kundaligi. Paragvay Fransiyani qiynadi, Marokash Kanadani jazoladi
12:17 / 03.07.2026
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
12:18 / 01.07.2026