Toshkent shahridagi Yodju texnika institutiga universitet maqomi berildi
Toshkentdagi Yodju texnika institutiga universitet maqomi berildi va rasman Toshkent kimyo xalqaro universiteti nomini oldi.
Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qishini davom ettiradilar hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda universitet diplomi beriladi.
Shuningdek, institutning rasmiy “TOShKeNT ShAHRIDAGI YoDJU TeXNIKA INSTITUTI” nomini “TOShKeNT KIMYo XALQARO UNIVeRSITeTI”ga almashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ushbu xalqaro universitet ta’sischisi A.Vahobov va rektor J.Kudaybergenov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Janubiy Koreyaning Gachon va Hanyang universitetlarida bo‘lishdi. Delegatsiya tashrifi doirasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Gachon universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad - mavjud hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma dasturlar ko‘lamini kengaytirish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi masalalarini muhokama qilishdan iborat. Delegatsiya Janubiy Koreyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar holidan xabar olishdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini muhokama qilish bo‘yicha muloqotlarni muntazam tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Degu universitetining rektori Park Soon Jin Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha rektor maslahatchisi va koreyashunoslik markazi rahbari lavozimiga tayinlandi. Hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning Degu universiteti delegatsiyasi ham O‘zbekistonda bo‘lib, ta’lim mazmuni bilan tanishdi.
Uchrashuv jarayonida ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, talabalar almashinuvi, 2+2 va 3+1 ta’lim dasturlarini rivojlantirishga kelishib olindi. Jumladan 2023 yil mart oyidan boshlab Degu universiteti tomonidan O‘zbekistonga yuqori malakali professor o‘qituvchilarni yuborish ish rejasi tuzildi. Hozirgi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 27 nafar talabasi biznesni boshqarish, moliya, turizm, xalqaro iqtisodiy aloqalar, arxitektura va shahar dizayni, xalqaro marketing, buxgalteriya hisobi, bank ishi va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida Degu universitetida 2+2 ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olishmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 04.11.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Yaponiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
19:00 / 28.08.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda
15:00 / 27.05.2024
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yangi yo‘nalishdagi “Art Engineering” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
19:00 / 24.04.2024