Jahon | 20:07 / 17.12.2022
9027
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi migrantlar orasida meningit kasalligi avj olgani aytildi 

Rospotrebnadzor tashkiloti Moskvadagi migrantlar orasida meningit kasalligi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir ekanini ma’lum qildi. 

Foto: BSIP/Universal Images Group via Getty Images

Rossiya poytaxtida meningokokk infeksiyasi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat qayd etilgan, asosan migrantlar kasal, dedi Moskva bosh sanitariya shifokori, poytaxt Rospotrebnadzor boshqarmasi boshlig‘i Yelena Andreyeva. 

«Shaharda meningokokk infeksiyasi bo‘yicha murakkab vaziyat bor, migrantlar kasal bo‘lib qolyapti. Chunki ular immuniteti jihatidan Moskvaga mutlaqo «toza» bo‘lib keladi, shu tufayli kasal bo‘lib qolishmoqda. Shaharga meningal infeksiya tarqalmasligi uchun chora ko‘ryapmiz», dedi Andreyeva. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, shahar hokimiyati yozda vaziyatning yomon rivojlanishiga tayyorgarlik ko‘rgan. 

«Biz vaksinani davlat zaxirasidan oldik. Hozir birlamchi tibbiy yordam xodimlari migrantlarni emlamoqda. Klinik kartina juda og‘ir, o‘lim holatlari bor, infeksiya juda yuqumli», dedi Moskva bosh sanitariya shifokori. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 oy davomida mehnat migrantlari orasida 32 ta kasallik o‘chog‘i aniqlangan, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar soni – 10682 nafar, emlanganlar soni – 8868 nafar. 

Moskva ma’muriyati 25 dekabrga qadar mehnat migrantlarini emlashni maksimal darajada bajarishni rejalashtirmoqda. 

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid