Boks Olimpiada o‘yinlari dasturidan olib tashlanishi mumkin
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) o‘rtasidagi qarama-qarshilik yangi bosqichga ko‘tarildi.

Foto: Getty Images
XOQ 1904 yildan beri Olimpiya o‘yinlaridan joy olgan boksni 2024 yildan boshlab o‘yinlar dasturidan butunlay chiqarib tashlash bilan tahdid qilmoqda. Bunga rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi IBA tomonidan «Gazprom» bilan yangi homiylik shartnomasi imzolanishi sabab bo‘lgan.
Qayd qilish joizki, XOQ va IBA o‘rtasidagi uzoq yillik ziddiyatga qaramay, boksni Olimpiya maqomidan mahrum qilish bo‘yicha real tahdidlar ilgari hech qachon bo‘lmagan.
To‘g‘ri, Tokio-2020 olimpiadasida IBA boks turnirini o‘tkazishdan mahrum etildi. Uni XOQ tashkil qilgan edi. Bundan tashqari, 2028 yilda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining vaqtinchalik dasturida boksning Olimpiya sport turi sifatidagi maqomi haligacha tasdiqlanmagan.
Ammo 2024 yilga kelsak, XOQ boks musobaqalarini yana mustaqil ravishda o‘tkazish niyatida edi. Boksni dasturdan chiqarib yuborish masalasi ko‘rilmayotgan edi.
XOQ bayonotida Olimpiada rahbariyatini keskin choralar ko‘rishga undaydigan bir qancha sabablar sanab o‘tilgan. Eng muhimi - «Gazprom»ning IBA asosiy homiysiga aylangani.
XOQ Rossiya gaz giganti bilan kelishuvning uzaytirilishi «IBA Rossiya hukumati tomonidan nazorat qilinadigan kompaniyaga qaram bo‘lib qolishda davom etishiga» olib keladi deb hisoblamoqda.
Shuningdek, IBA Sport arbitraj sudining (CAS) qarorini bajarishdan bosh tortishda ayblanmoqda. May oyida IBA prezidentligi saylovida Umar Kremlyov bilan raqobatlashishga uringan gollandiyalik Boris van der First saylovdan chetlatilgan edi. CAS bu qaror noqonuniy bo‘lgan deb topdi va saylov qayta o‘tkazilishini talab qildi. Ammo IBA kongressi ko‘pchilik ovoz bilan yangi saylov o‘tkazishga qarshi ovoz berdi va Kremlyovga katta ishonch bildirdi.
«XOQ so‘nggi voqealar zamirida boksning 2024 yilgi Olimpiada dasturidan chiqarilishiga sabab bo‘ladigan barcha holatlarni hisobga olishga majbur bo‘ladi», — deyiladi XOQ bayonotida.
Hozirda XOQ va IBA o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish imkoniyati kam. Ikki hafta oldin, IBA kongressida Umar Kremlyov XOQ rahbariyatiga murojaat qilib, «Bizga shart qo‘yishni bas qiling, bizga hayotni o‘rgatmang», deb keskin javob qaytargan va tashkilotdan o‘z ishiga aralashmaslikni talab qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
Mavzuga oid

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025