Afğonistondagi tört nodavlat xayriya taşkiloti (NXT) "Tolibon" harakati ayollar mehnatini taqiqlaş töğrisida qaror e’lon qilganidan söng öz faoliyatini töxtatdi. Bu haqda NXTning 25 dekabr, yakşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
Faoliyat töxtatilişini butun dunyo böylab bolalar huquqlarini himoya qiliş bilan şuğullanuvçi Save the Children, CARE International, Norvegiya qoçqinlar agentligi (NRC) va Xalqaro yordam qömitasi e’lon qildi. «Ayol xodimlarimizsiz biz Afğonistondagi muhtoj bolalar, ayollar va erkaklarga samarali yordam bera olmaymiz», deyiladi taşkilotlarning qöşma bayonotida.
Nodavlat xayriya taşkilotlarining ta’kidlaşiça, yordam yetkazib berişga bevosita ta’sir körsatişdan taşqari, "Tolibon" taqiqi mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz şaroitida minglab iş joylariga ta’sir qiladi. «Uşbu e’longa aniqlik kiritgunimizça, biz erkaklar va ayollardan Afğonistondagi qutqaruv sa’y-harakatlarimizni teng darajada davom ettirişni talab qilib, dasturlarimizni töxtatamiz», dedi nohukumat taşkilotlari.
"Tolibon"ning mahalliy va xorijiy nohukumat taşkilotlariga ayollarning işlaşiga ruxsat berişni taqiqlagani kuni keça ma’lum böldi. Taqiq ayrim ayollarning göyoki "Tolibon" tomonidan örnatilgan islomiy kiyiniş qoidalariga rioya qilmagani haqidagi «köplab şikoyatlar» bilan izohlanadi.
Taqiqni buzgan har qanday nohukumat taşkilotining Afğonistonda faoliyat yuritiş uçun litsenziyasi bekor qilinadi. Mamlakat iqtisodiyot vazirligi vakilining sözlariga köra, taqiq Afğonistonga yordam körsatişni muvofiqlaştiriş agentligi (ACBAR) tarkibiga kiruvçi 180 dan ortiq taşkilotga tegişli.
Avvalroq "Tolibon" ayollarga universitetlarda öqişni taqiqlagani ma’lum bölgan edi. Harakat bu qarorini «milliy manfaatlarni saqlab qoliş», şuningdek, öquv dasturini islom normalariga mos ravişda özgartiriş zarurati bilan izohlagan.
Oltinçi sinfdan oşgan qizlar mart oyida maktablarga borişni töxtatdilar. "Tolibon", şuningdek, u yerda «islomiy muhit» yaratilsa, bolalar maktablarga qaytişini da’vo qilgan. Mamlakatda ayollar uçun köplab taqiqlar mavjud: ular köpçilik iş joylarida işlay olmaydilar, ularga parklar va sport zallariga taşrif buyuriş taqiqlanadi, şuningdek, jamoat joylarida butunlay yopiq kiyim kiyiş talab qilinadi.
Yevropa Ittifoqi, Birlaşgan millatlar taşkiloti va AQŞ "Tolibon"ning qarorini qoraladi. Yevropa Ittifoqi diplomati Jozep Borrelning matbuot kotibi Nabila Massrali buni «Afğonistondagi ayollarning öz huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oşiriş imkoniyatlarini yana bir qattiq çeklaş» va «insonparvarlik tamoyillarini oçiqdan-oçiq buziş» deb atadi.

















