Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanmoqda
Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Foto: Senat axborot xizmati
Endilikda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish hamda ularni alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish jarayoniga jalb etish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida ma’qullangan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilmoqda.
Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha bir qator yangiliklar kiritilyapti.
Jumladan, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotayotgan shaxs 21 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa sotishni rad etishi shartligi belgilanmoqda. Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar safi kengaytirilib, ularning sohadagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilyapti. Qonunda tamaki mahsulotlari turlari va ularning jumlasiga kiruvchi mahsulotlarga aniq ta’rif berilgan.
Ma’lumot uchun, mazkur qonun Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad qilingandi.
Mavzuga oid
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
21:55 / 14.02.2026
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
17:19 / 05.02.2026
Hokimlikka nomzodlar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejasini taqdim etadi
16:42 / 05.02.2026