Jahon | 19:16 / 29.12.2022
17628
8 daqiqa o‘qiladi

Zarbalar ostida ishlayotgan shifokorlar va razvedkachilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 308-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volgogradda safarbar qilingan erkakning rafiqasi harbiy prokuraturaga shikoyat qilib, erini “DXR” hududida “urushga borishdan bosh tortganlar uchun qamoqxona”da tutib turilganini aytgan.
  • Ukrainada Eron kamikadze dronlarini urib tushira oluvchi dronlar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
  • Volodimir Zelenskiy Oliy radaga murojaat yo‘lladi. 52 daqiqa davom etgan nutqi chog‘ida Ukraina prezidenti Rossiya bilan harbiy nizodan yakuniy maqsad — Ukraina hududiy yaxlitligini qayta tiklash va asirga tushganlarni ozod etish ekanini aytdi.
  • Ukraina havo kuchlari spikeri Yuriy Ignat mamlakat havo hujumidan mudofaa kuchlari sentabr oyidan buyon 420 ta raketa hamda 430 ta kamikadze dronni urib tushirgani haqida ma’lum qildi.
  • Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning aytishicha, Rossiya qo‘mondonligi Kreminna shahrini tark etgan. Ushbu shahar uchun janglar bir necha oydan buyon davom etayotgandi. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti ham Ukraina qurolli kuchlari so‘nggi kunlarda ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishganini qayd etgan.
  • Chelyabinsk oblastida safarbar qilinganlardan biri o‘z kapitanini urib o‘ldirdi. 23 dekabr kuni askar poyezdda o‘z boshlig‘iga hujum qilgan - u voqea joyida jon bergan. Qurbon bo‘lgan harbiy ham safarbar qilinganlardan edi.
  • The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, yuzlab ukrainalik bolalar Rossiyadagi dam olish lagerlaridan qayta olmayapti. Ota-onalar okkupatsiya chog‘ida bu bolalarni lagerlarga yuborishgan, ular Rossiya hududida ekanida Ukraina armiyasi bu hududlarni ozod etgan. Endi lagerlar ma’muriyatlari bolalarni qaytarishdan bosh tortmoqda.

Ukrainalik harbiylarning Belarus bilan chegaradagi pozitsiyalari

13 dekabr kuni Belarusda armiya tayyorgarligini to‘satdan tekshirish boshlandi. Ammo, Ukraina davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, chegaradagi vaziyat o‘zgarmagan. Ukraina chegarachilari spikeri vaziyatni shunday izohlamoqda:

Ukraina uchun bu amalda hech narsani o‘zgartirmaydi, biz Belarus bilan chegarada mudofaa qobiliyatimizni mustahkamlab kelyapmiz, buni davom ettiramiz, chunki Ukraina hech qachon Belarusdan takroriy bosqin bo‘lishi yoki Belarus qo‘shinlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan bosqiniga qo‘shilishi ehtimolini istisno etmaydi.

U shuningdek Ukraina tomoni chegara yaqinida ruslar va belaruslarning qancha qo‘shini to‘plangani borasida aniq ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qildi. Noyabr oyi oxirida Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Belarus hududida RF armiyasidan taxminan to‘qqiz ming kishi joylashtirilgani to‘g‘risida xabar bergandi. Bundan tashqari, noyabr oyi o‘rtalarida Ukraina Belarus bilan chegarada devor qura boshladi. Quyida Ukraina qurolli kuchlarining Jitomir oblasti hududida Belarus bilan chegaradagi pozitsiyalari aks etgan.

Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutda otishma ostida qolgan ukrain razvedkachilari va qochqinlar

Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiylarining Baxmut hududidagi harakati so‘nggi vaqtlarda shaxsiy tarkib va o‘q-dori yetishmovchiligi tufayli sekinlashgan. ISW tahlilchilari bu vaziyatni RF armiyasining avgust oyida Xerson atrofida tushib qolgan holati bilan solishtirmoqda, o‘shanda Rossiya qo‘mondonligi yirik batalon va rota taktik guruhlari bilan yurish qilishdan voz kechishga majbur bo‘lgandi. ISW prognoziga ko‘ra, RF qo‘shini Baxmut hududida bundan keyin ham sekin harakatlanishda davom etadi — agar yaqin vaqtlar ichida qo‘shinlar shaxsiy tarkibi to‘ldirilmasa va o‘q-dorilar bilan ta’minlamasa, hujumlar to‘xtab qolishi ham mumkin. Shunga qaramay, rossiyalik harbiylar Baxmutni muntazam ravishda o‘qqa tutishmoqda. Ukraina qurolli kuchlari shaharni qanday himoya qilayotgani quyidagi suratlarda.

Foto: Pierre Crom / Getty Images
Ukrainalik harbiylar yerto‘lalardagi mahalliy aholi vakillarini evakuatsiya qilmoqda
Pierre Crom / Getty Images
Minomyot snaryadi portlashi
Pierre Crom / Getty Images
Ukraina razvedka bataloni zobitlari dron yordamida oldingi chiziqda olingan kadrlarni tahlil qilmoqda
Pierre Crom / Getty Images
Foto: Pierre Crom / Getty Images

Xerson rossiyaliklar zarbalari ostida

27 dekabr kuni Rossiya harbiylari yana bir bor Xersonni o‘qqa tutdi — RF armiyasi noyabr oyida o‘zi tashlab chiqqan shaharga doimiy ravishda zarba berib kelmoqda. Bu safar Xersondagi shifoxonaning tug‘uruq bo‘limi zarbaga uchragan. Hujum vaqtida shikastlanganlar yo‘q. Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, hujum arafasida shifokorlar tug‘uruqxonadagi besh homilador ayoldan birini kesarcha yo‘l bilan tug‘dirishga ulgurishgan.

Tug‘uruq bo‘limi xodimlari Xersonda o‘qqa tutilgan shifoxona binosi vayronalari ostidan yaroqli jihozlarni olib chiqishmoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Hujumdan keyin Xerson shifoxonasi hududini tozalayotgan ishchi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson shifoxonasining tug‘uruq bo‘limi shifokori ish chog‘ida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xersonda 24 dekabr kungi hujumlar chog‘ida halok bo‘lgan Yelena Afanasevskayaning dafn marosimidagi qabriston ishchilari. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, o‘sha kuni shaharda zarbalar oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida uch kishi hududni minalardan tozalash bilan mashg‘ul bo‘lgan FVV xodimlari edi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Natalya Ryaskovayaning onasi Svetlana Klishchitskaya qizining dafn marosimida. Natalya —23 dekabr kungi zarbalar oqibatida halok bo‘lgan uch kishidan biri edi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Kupyanskdagi hayot

Kupyansk Xarkiv oblastida, Rossiya bilan chegaradan 40 kilometr masofada joylashgan — front chizig‘igacha taxminan to‘qqiz kilometr. Rossiya qo‘shini shaharni 27 fevral kuni bosib olgan va u bo‘ylab o‘tgan temiryo‘l orqali Xarkiv oblasti hamda Donbass shimolidagi bo‘linmalarga ta’minot yetkazib bergan. Ukrain harbiylari sentabrda Kupyanskni ozod etdi — quyida ushbu shaharning hozirgi manzaralari.

Mahalliy aholi vakili rossiyaliklar zarbalaridan shikastlangan uy yonidan o‘tib, gumanitar yordam olish uchun bormoqda. Shahar ma’muriyati rahbari Andrey Besedinning aytishicha, Kupyanskdagi binolarning 30 foizi vayron bo‘lgan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kupyanskda yashovchilar World Central Kitchen ko‘ngillilari tarqatayotgan issiq ovqat uchun navbatda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kupyanskda yashovchi Volodimir Dubrovskiy o‘z uyida sham yoqmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid