Oliy ta’limga Ibrohim Abdurahmonov rahbarlik qiladi
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan.

Ibrohim Abdurahmonov
Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.
Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan.
1992-1997 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da tahsil olgan. 2001 yil AQShdagi Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.
Faoliyatini 1997 yildan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida boshlagan, 2002-2012 yillarda Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan.
2012–2017 yillarda Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori bo‘lgan, 2017 yilda Fanlar akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezident v.b sifatida faoliyat yuritgan.
2017 yil noyabrida yangi tashkil etilgan Innovatsion rivojlantirish vazirligi rahbari etib tayinlangandi.
2022 yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qo‘shib yuborildi. 2021 yil yanvaridan buyon Oliy ta’lim vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid

18:12 / 22.01.2025
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi

20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi

20:03 / 06.09.2024
“Suvdan ham jiddiyroq muammo – yerning sho‘rlanishi bo‘lyapti” - qishloq xo‘jaligi vaziri

12:09 / 04.04.2024