Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning 6 yillik soliq deklaratsiyasi e’lon qilindi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasi Donald Trampning soliq deklaratsiyasini e’lon qildi.
Foto: Getty Images
AQSh Vakillar palatasining Budjet qo‘mitasi sobiq prezident Donald Trampning olti yillik soliq deklaratsiyasini e’lon qildi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.
Yangi raqamlar Donald Tramp prezidentligining dastlabki uch yilida federal daromad solig‘i sifatida 1,1 million dollar to‘lagani va daromadi kamayib borayotgani sababli 2020 yilda hech qanday soliq to‘lamaganini ko‘rsatdi.
Yillar kesimida Tramp to‘lagan daromad solig‘i quyidagicha: 2015 yil – $642 ming, 2016 yil – $750, 2017 yil – $750, 2018 yil – $999 ming, 2019 yil – $133 ming, 2020 yil – $0.
21 dekabr kuni AQSh Kongressi Vakillar palatasi qo‘mitasi Trampning 2015-2021 yillar uchun qisman tahrirlangan soliq deklaratsiyasini e’lon qilish uchun ovoz bergani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, respublikachilar bu qaror yomon pretsedent yaratishi mumkinligini ta’kidlab, hujjatlarni chop etishga qarshi chiqdilar.
Qonunga ko‘ra, AQSh prezidentligiga nomzodlar soliq deklaratsiyasini e’lon qilishi shart emas. Shunga qaramay, ular o‘tgan yillarda buni qilishgan, ammo faqat Tramp ular orasida istisno bo‘lib qolgan edi.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
15:42 / 24.01.2026