Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urush boshlanganidan beri Ukraina 1884 ta aholi punktini ozod qildi
15 199 ta obekt qayta tiklandi, deyarli shuncha obekt qayta tiklanmoqda.
Foto: AP
To‘liq miqyosdagi urush davomida Ukraina Qurolli Kuchlari 1884 ta aholi punktini rus bosqinchilaridan ozod qildi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ma’lum qildi.
«2022 yil biz qanchalik kuchli ekanimizni ko‘rsatdi. Biz hammamiz – prezident, qo‘shinlar, ko‘ngillilar, davlat. Fevraldan to shu kungacha 1884 ta aholi punkti ozod etildi. Qurolli Kuchlar ortidan u yerlarga darhol Ukraina rasmiylari keldi. Infratuzilmani, elektr energiyasi, suv va gaz ta’minotini, insonparvarlik yordami, davlat xizmatlarini tiklash, pul to‘lovlarini amalga oshirish uchun», deb yozdi u.
Timoshenko so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Ukraina rasmiylari faoliyatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bu infratuzilmadir. 15 199 ta obekt qayta tiklandi, deyarli shuncha obekt qayta tiklanmoqda. Ukrainaning shimoliy chegarasida transportga qarshi, piyodalarga qarshi va mina-portlovchi to‘siqlar hamda temir-beton uchastkalari qurilmoqda.
Mavzuga oid
19:15 / 14.03.2026
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13:52 / 13.03.2026