Toshkentdagi 31 ta OTMda darslar soat 9:30 dan boshlanadi
Toshkent shahrida qator oliy ta’lim muassasalarida darslarning boshlanish vaqti o‘zgaradi. Bu qaror metrodagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida qabul qilingan.
9 yanvardan Toshkentda metro bekatlarga yaqin joylashgan 31 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti o‘zgartiriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror poytaxt metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.
Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorda keltirilishicha, tegishli ta’lim muassasalarida ish grafigi maqbullashtirilgandan so‘ng tig‘iz vaqtlarda metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi negizida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etildi. 2022 yil oxirida hukumat tarkibi yangilanib, sobiq innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu vazirlikka vazir etib tayinlandi. Oliy ta’lim vazirligining sobiq rahbari Abduqodir Toshqulov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025