1 yanvar, yakşanba kuni Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qiliş huquqi Şvetsiyaga ötdi - Skandinaviya mamlakati bu lavozimda Çexiyani har olti oyda bir marta ötkaziladigan rejalaştirilgan rotatsiya vaqtida almaştiradi.
Oktabr oyidan boşlab Şvetsiyada yangi hukumat iş boşladi, u mamlakatda migratsiya siyosatini kuçaytiriş tarafdori bölgan mahalliy demokratlar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Bu uşbu sohada va Yevropa Ittifoqi darajasida murosa topişni qiyinlaştirişi mumkin, deya qayd etadi AFP.
Bundan taşqari, Şvetsiya AQŞ prezidenti Jo Bayden tomonidan Qöşma Ştatlar sanoati uçun tasdiqlangan «ekologik subsidiyalar» bilan boğliq holda AQŞ bilan muhokamada YeI nomidan iştirok etişi mumkin. Yevropa Ittifoqidagi tanqidçilar amerikalik raqobatçilarni qöllab-quvvatlaş şaroitida mahalliy firmalar raqobatbardoşligini yöqotib qöyişidan xavotirda, bunda zarar kölami 400 milliard yevroni taşkil qiladi.
Avvalroq Stokholm YeI raisligining ustuvor yönalişlari – xavfsizlik, barqaror rivojlaniş, «yaşil» energetikaga ötiş va demokratik qadriyatlarni e’lon qilgan edi. «Şvetsiya Yevropa Ittifoqi kengaşiga a’zo davlatlar va butun ittifoq uçun tarixiy muammolar yuzaga kelgan bir paytda raislikni öz zimmasiga olmoqda. Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy, qabul qilib bölmaydigan va asossiz bostirib kirişi Yevropa xavfsizligiga tahdid bölib, u migratsiya, şuningdek, global oziq-ovqat ta’minoti va energiya taşuvçilar uçun dahşatli oqibatlarga olib keladi», deb ma’lum qildi Skandinaviya mamlakati rasmiylari.
Stokholm fikriça, Ukrainadagi uruş fonida işonçli şeriklar, jumladan, kuçli transatlantik aloqalar bilan doimiy hamkorlikni ta’minlaş zarur. Şvetsiya Kiyevga iqtisodiy va harbiy yordamni birinçi öringa qöyişga, şuningdek, Ukrainani Yevropa Ittifoqiga kiriş yölida qöllab-quvvatlaşga va’da berdi.
2009 yildagi muvaffaqiyatsiz tajribadan keyin ilk bor Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qilgan Çexiya nafaqat Ukrainani faol qöllab-quvvatladi, balki rossiyaliklarga Şengen vizalarini berişni çeklaş masalasini Yevropa Ittifoqi kengaşi muhokamasiga olib çiqdi. Köp ötmay, Şengen zonasi mamlakatlari Rossiya bilan viza berişning soddalaştirilgan tartibi töğrisida tuzilgan şartnomani bekor qildi.
Barqaror rivojlaniş haqida gapirar ekan, Şvetsiya rasmiylari Ukrainadagi uruş va Rossiya tomonidan energiya ta’minotida davom etayotgan manipulyatsiya Yevropa iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir körsatganini ta’kidladi. Biroq, bu Yevropa Ittifoqini yanada ekologik toza iqtisodiy rivojlaniş variantlariga ötiş yölida töxtatmasligi kerak, deya ma’lum qildi rasmiy Stokholm.












