Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
Hukumat kanselyariyasida noqonuniy migrantlar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya tuzilgan. Ko‘pchilik ushbu tashabbusni «chaqimchilik to‘g‘risidagi qonun» deb atamoqda.
Shvetsiya hukumati mamlakatda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarga qarshi kurashni kuchaytiradi. Bu haqda Report nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda Shvetsiyada istiqomat qilayotgan noqonuniy migrantlar soni 107—185 ming kishini tashkil etadi.
«Shvetsiyada ruxsat olmagan holda 100 mingdan ortiq inson yashamoqda deyishimizga barcha asoslar mavjud», — deydi migratsiya masalalari bo‘yicha vazir Yoxan Forssell.
Hukumat kanselyariyasida bu kabi shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanuvchi turli davlat idoralari xodimlaridan maxsus komissiya tuzilgan — ular noqonuniy migrantlar to‘g‘risida xabar beradi.
Bunday yondashuv jamiyatda ko‘plab tanqidlarni yuzaga keltirdi. Ko‘pchilik ushbu tashabbusni «chaqimchilik to‘g‘risidagi qonun» deb atamoqda.
Forssell esa o‘z navbatida «soyadagi jamiyatda» yashovchilar, jumladan, bolalar zaif qatlam hisoblanishi, ular turli tahdidlarga duch kelishi mumkinligini ta’kidladi. Boshqa tomondan noqonuniy migrantlarning ayrimlari milliy xavfsizlikka xavf tug‘dirishi mumkin.
Bir necha haftadan keyin «xabardor qilish majburiyati» to‘g‘risidagi masalani o‘rganish natijalari hukumatga kiritilishi kerak.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026