Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzod Qudratxöja press klub davomida maktablarda fizika, kimyo fanlari örniga kreativ fanlar qöyiş kerakligini yoqlab çiqqan.
«Hozir maktabda 22 ta fan bor. Endi yoşlarga kreativ sohalarda dars berişimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham körib çiqişimiz kerak. Masalan, esimda, maktab öqigan davrimizda kimyoning, fizikaning juda çuqur içiga kirib ketardik. Men özim ham qiynalardim. Bugun hayotimda bu fanlar kerak bölmaydi. Balki bugun biz bolalarga boşqa fanlarni öqitarmiz», – degan u.
Bu jumlalar turli ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarning jiddiy e’tirozini keltirib çiqardi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari hayot fizika va kimyo ustiga qurilgani sabab bu fanlarni qisqartiriş yoki olib taşlaş haqidagi fikrni keskin qoralaşgan.
Mazkur mavzuda davom etayotgan muhokamalar böyiça yangi taşkil etilgan maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham öz munosabatini bildirdi. U fizika va kimyo fani maktab öquvçilariga öqitilişi bekor qilinişi haqidagi fikrlar heç bir asosga ega emasligini ma’lum qilgan.
«Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni öqitiş asnosida insonning fikrlaş qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bölgan şaxs esa hodisalarni tahlil qiliş, tuşuniş va tuşuntirişga qodir böladi. Şunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida uşbu fundamental fanlarning maktab öquvçilariga öqitilişi bekor qilinişi haqidagi fikrlar heç bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga örin yöqligini ma’lum qilaman.
Aksinça, endilikda biz maktablarda uşbu fanlarni öqitişni amaliyot bilan boğlaş ustida boş qotirişimiz va buning uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratişga bor e’tiborimizni qaratişimiz zarur», – deb yozgan Umarova Telegramʼdagi rasmiy sahifasida.
Şundan söng Qudratxöja gaplari kontekstdan yulib olinib, xato talqin qilinganini aytib, videomurojaat
















