Navoiyda maktabdagi janjaldan so‘ng o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qildi
17 yoshli o‘quvchi bir dona ignani yutib, ketidan ko‘p miqdorda dori ichgani, ayni paytda koma holatida ekani aytilmoqda.

Foto: KUN.UZ
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, Xatirchi tumanidagi maktablardan birining 17 yoshli o‘quvchisi (qizning shaxsi tahririyatga ma’lum) o‘z joniga qasd qilgan. Bunga maktabda u va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Maktabdagi holat joriy yil 4 aprel kuni sodir bo‘lgan: o‘qituvchi boshqa darsni so‘ragan, singlim esa boshqasini aytib bergan. O‘qituvchi urgan, u esa qo‘l ko‘tarmaslikni aytgan. Shu tariqa vaziyat mahalla inspektorigacha yetib borgan. Singlimning o‘zini aybdor qilishgan.
Mahalla profilaktika inspektori ham qamab qo‘yamiz seni, deya bosim qilavergan, suhbatga chaqirgan, uydan majburiy olib ketmoqchi bo‘lgan. Singlim ushbu bosimlarga chiday olmay, 6 aprel kuni o‘z joniga qasd qilgan: avvaliga bitta igna yutgan, ketidan juda ko‘p miqdorda turli dori tabletkalarini ichgan. Necha kundirki, u koma holatida,”, — deydi Kun.uz jurnalisti bilan gaplashgan o‘quvchining opasi.
Manbaning ta’kidlashicha, o‘quvchi qiz ayni paytda Navoiy shahridagi shifoxonada. Uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, koma holatidan chiqmagan.
Hozircha Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham, Xatirchi tumani hokimligi ham holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.
Oldinroq Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IM direktori 10-sinf o‘quvchisini urgani va o‘quvchi qiz hushini yo‘qotgani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025