Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Biznes oliy maktabi tuzilmalari tasdiqlandi
Hukumatning “O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining tuzilmasi; Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi tasdiqlandi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi esa – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda taklif va tavsiyalar tayyorlash, shuningdek bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlash, xalqaro reyting va indekslarda mamlakat mavqeyini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash va boshqa vazifalar yuklatildi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining faoliyati “Biznesni boshqarish” (MBA) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
-
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
Jahon | 22:19
-
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi

19:04 / 17.10.2024
XVJ global davlat qarzining yuqori darajasidan xavotirda

18:15 / 17.10.2024
2025 yilda budjetdan ta’lim va sog‘liqni saqlash uchun xarajatlar 20 foizga ko‘paytiriladi

20:26 / 19.02.2024