Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi
Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli 4-yanvar kuni soat 00: 00 dan avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Foto: Kun.uz
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tuzilib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga maxsus reys orqali poyyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi va isinish maskanlari tashkil etildi.
Shuningdek, FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari bilan birgalikda yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz olib borildi.
Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida bugun, 4-yanvar kuni soat 10: 00 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Mavzuga oid
10:57 / 09.01.2025
Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi
14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi
15:34 / 03.11.2024