Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimi sovuq ob-havo tufayli mutasaddilarga maxsus topshiriqlar berdi
Anomal sovuq ob-havo kirib kelishi tufayli 9-18 yanvar kunlarida shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalarda har qanday majlislar taqiqlanadi, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashi ta’minlanadi, shahar jamoat transportining tizimli ishlashi choralari ko‘riladi, markaziy va ichki yo‘llarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalash tashkil qilinadi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z o‘rinbosarlari va qator idoralar boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda Toshkent shahriga keskin sovuq ob-havoning kirib kelishi munosabati bilan har qanday talafotning oldini olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Jumladan:
— anomal sovuq 9-18 yanvar kunlarida shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalar va ularning tuman bo‘limlarida har qanday majlislar (jumladan onlayn shaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan chalg‘ituvchi boshqa yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlanadi;
— vaziyatlarni boshqarish yuzasidan topshiriqlar telefon va onlayn aloqa tizimlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
— qolipli non ishlab chiqaruvchilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishi nazoratga olinadi;
— oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashi ta’minlanadi;
— shahar jamoat transportining tizimli ishlashi choralari ko‘riladi;
— markaziy va ichki yo‘llarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalash tashkil qilinadi;
— boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘pqavatli uylar yo‘laklarini qor va muzlamalardan o‘z vaqtida tozalash ta’minlanadi;
— elektr tizimida avariyalar tezkor bartaraf etiladi;
— tug‘ruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik ta’minoti alohida nazoratga olinadi, ulardagi elektr generatorlari yoqilg‘i bilan ta’minlanadi, to‘xtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltiriladi;
— favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2 kun muddatda jamoat joylarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qayta ko‘rik-nazorat tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlanadi;
— aholining jamoat transportidan foydalanishiga keng imkoniyatlar yaratish va imkon qadar shaxsiy transport vositasidan foydalanmaslik tavsiya etiladi;
— navbatchilik, shtablar va call-markazlar faoliyatidagi aloqa telefonlarining uzluksiz ishlashi nazoratga olinadi;
— 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam mashinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘zdan kechirib, yetishmovchiliklar to‘ldiriladi;
— ko‘chada xizmat qilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlari issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid
09:15
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
08:58 / 17.06.2026
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026