O‘zbekiston | 21:19 / 09.01.2023
12213
2 daqiqa o‘qiladi

Dekabr oyida 177 ming xonadonning bir oylik iste’moliga teng elektr energiyasi o‘g‘irlangan 

Bu Sirdaryo viloyati iste’molchilarining bir haftalik elektr energiyasi iste’molini tashkil qiladi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Dekabr oyida 15,7 mlrd so‘mlik yoki 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

2022 yil dekabr oyi davomida Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 719 ta holatda 35,5 mln kVt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. 

Buning natijasida tizimga 15,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik yoki Sirdaryo viloyati iste’molchilarining bir haftalik elektr energiyasi iste’molini tashkil qiladi. 

Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Masalan, Samarqand viloyatidagi «Maroqand sifat tekstil» korxonasida 2,3 mlrd so‘m, Toshkent viloyatidagi «Spring Kolours Industriy» korxonasida 1,4 mlrd so‘m, Andijon shahridagi «F.X.S» korxonasida 684,17 mln so‘m miqdorida qayta hisoblash ishlari amalga oshirilgan. 

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid