Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2020 yildan beri ilk bor sayyohlar uchun chegaralarni ochdi
Chegaralar koronavirus pandemiyasi tufayli yopib qo‘yilgan edi.
Foto: Reuters
Xitoy 2020 yil mart oyida sayohatga cheklovlar joriy etilganidan beri birinchi marta chet ellik sayyohlar uchun chegaralarini ochdi, deb yozdi DW.
Shuningdek, Xitoy oxirgi uch yildan beri amalda bo‘lgan xorijdan kelganlar uchun majburiy karantinni bekor qildi. Endi xorijdan kelganlar 48 soat ichida olingan koronavirus testning manfiy natijasi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kifoya.
Qayd qilinishicha, Pekin aeroportida chet eldan va Xitoyning boshqa mintaqalaridan kelganlarni ajratib turuvchi to‘siqlar olib tashlangan. Shuningdek, himoya kiyimidagi aeroport xodimlari ham g‘oyib bo‘lgan.
Avvalroq, Xitoy o‘zining Covid-19 siyosatining asosiy elementlaridan voz kechib, deyarli barcha aksilkoronavirus cheklovlarini bekor qilganidan keyin, mamlakatda infeksiyalar soni keskin oshib ketgan edi. Shifoxonalar va krematoriylarda odam to‘lib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda har kuni bir millionga yaqin odam kasallanmoqda.
Mavzuga oid
18:35
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026