Xitoylik olimlar «abadiy» ucha oladigan dron ixtiro qilishdi
U lazer yordamida quvvatlantiriladi va havoda juda uzoq muddat uchishi mumkin.

Foto: Northwestern Polytechnical University
Xitoyning Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti (NPU) olimlari lazer yordamida uzoq vaqt parvoz qila oladigan dron yaratilganini ma’lum qilishdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Professor Li Syuelun va uning hamkasblari dronni yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantira oladigan modul bilan jihozlashdi. U esa dronni lazer yordamida masofadan turib quvvatlantirish imkonini beradi. O‘z navbatida, bunday xususiyatga ega dron havoda juda uzoq vaqt davomida qolishi mumkin.
Tadqiqot guruhi uchta sharoitda sinov o‘tkazilganini ma’lum qildi: yopiq xonada, ochiq havoda kunduzi va tunda. Dron uchala sharoitda ham muvaffaqiyatli uchgan.
Olimlar tizimning harakat diapazoni va fotoelektrik quvvatlantirish samarasini e’lon qilishmadi, chunki bu tafsilotlar harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Olimlarning hisobotida taqdim etilgan animatsion illyustratsiya «lazer» dvigateli yordamida dron osmono‘par bino balandligiga ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Dronlar harbiy, qishloq xo‘jaligi va tijorat maqsadlarida keng qo‘llaniladi. Agar ularning chidamliligidagi cheklovlar yengib o‘tilsa, dunyo uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar ochiladi, deydi olimlar. Ular «abadiy» uchadigan dronlardan yo‘l harakati nazorati, xavfsizlik patrullari, tabiiy ofatdan qutqarish, kontaksiz logistika va boshqa maqsadlarda keng qo‘llanilishini kutishmoqda.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
-
Zelenskiy: frontdagi qurollarning 40 foizidan ortig‘i Ukrainada ishlab chiqarilgan
Jahon | 10:19
Mavzuga oid

23:01 / 16.04.2025
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi

18:36 / 16.04.2025
Tramp ko‘plab mamlakatlarni Xitoy iqtisodiyotini izolyatsiya qilishga ko‘ndirmoqchi – OAV

15:08 / 16.04.2025
Vashington Pekinga 245 foiz boj solishini va’da qilmoqda

13:40 / 16.04.2025