Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Asialuxe Travel” bilan Shri-Lankada minusni plyusga almashtiramiz
Yanvar oyining sovuq havosi yaqinlashmoqda, lekin bu ko‘ngilni tushirib, yozgi iliq havo va quyoshni kutish uchun sabab bo‘la olmaydi. “Asialuxe Travel” milliy turoperatori 2023 yilni sayohatdan boshlashni taklif qiladi.
“Asialuxe Travel” milliy turoperatori butun oilaning istarlarini inobatga olgan holda va oilaviy budjetga zarar yetkazmasdan yaqin kunlarda qayerga jo‘nab ketish mumkinligi haqida aytib beradi.
27 yanvar kuni “Asialuxe Travel” bilan Toshkentdan Shri-Lankaga 2023 yildagi birinchi charter reys jo‘nab ketadi. Shri-Lanka – bu sizga haqiqiy zavq sovg‘a qiladigan Janubiy Osiyodagi mehmondo‘st orol. Orol birinchi toifali plyajlar, zamonaviy mehmonxonalar va qadimiy diqqatga sazovor joylarga boy. Bu hatto eng tajribali sayohatchini ham hayron qoldirish va xursand qilishga qodir bo‘lgan kurort.
Ta’tilni Shri-Lankada o‘tkazish uchun 10 sabab
Noyob tabiat va iqlim

Sayohat vaqtida cheksiz qumli plyajda quyosh nurlaridan bahramand bo‘lgan holda, Hind okeani sohilida tropiklarni his qilish, buddizmning qadimiy joylari va 2250 yoshdan oshgan Bodxi daraxtini ko‘rish, milliy qo‘riqxonada safar uyushtirish, orolning markaziy qismida o‘rtacha iqlimdan bahramand bo‘lish, sharsharalarni tomosha qilish, baland tog‘larda salqinlikni sezish va u yerdan eng yaxshi seylon choyi o‘sadigan tuman ortidagi plantatsiyalarni ko‘rish mumkin.
Mehmondo‘stlik
Bu yerdagi aholi juda mehmondo‘st va odamlarni mamnuniyat bilan o‘z uylariga taklif qilishadi. Dastlab atrofda hamma sizga tabassum qilishi noodatiy tuyulishi mumkin. Lekin safardan qaytganingizda orol aholisining ezgu tabassumlari sizni sovuq havoda isitadi.
Boy madaniy meros

Shri-Lankaning madaniy boyligi YuNeSKO tomonidan tan olingan, mamlakatning 6 ta arxeologik yodgorliklari Butunjahon merosi obektlari deb e’lon qilingan:
- Anuradxapura muqaddas shahri – birinchi qadimiy poytaxt
- Polonnaruva qadimiy shahri – ikkinchi qadimiy poytaxt
- Dambulladagi oltin g‘or ibodatxonasi
- Sigiriya qoyasidagi arslon qo‘rg‘oni
- Muqaddas Kandi shahri – oxirgi qirollik poytaxti
- Qadimiy Galle shahri va uning qo‘rg‘oni
Mehmonxonalar

Shri-Lankada mehmonxonalarning turli variantlari mavjud.
Kolomboda siz zamonaviy besh yulduzli mehmonxonalar, shuningdek, o‘tgan yuz yillikning jozibasi va romantikasini his qilish mumkin bo‘lgan mustamlaka davrning mehmonxonalarini topishingiz mumkin. Orolda hayratlanarli darajada chiroyli bo‘lgan mehmonxonalar ham mavjud. Sohilda, ayniqsa g‘arb va janubda ko‘plab rezort-mehmonxonalar bor. Tinch va sokin joylar hamda tashrif buyuruvchilarning katta oqimi va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga ega joylar bor. Kichik sayohatchilar uchun doimo mashg‘ulotlar topiladi, ota-onalar esa bemalol dam olib, kuch to‘plab olishlari mumkin.
SPA
SPA-muolajalar va ayurveda sog‘liqni yaxshilash, bo‘shashish va yosharishga yordam beradi. Ayurveda – megapolis aholisiga hujum qiluvchi ko‘plab kasalliklarni yengishga qodir bo‘lgan tibbiyotning qadimiy yo‘nalishi. SPA-muolajalar va massaj esa bo‘shashishga va ichki hamohanglikka ega bo‘lishga yordam beradi.
“All inclusive”

Sayohatchilar uchun “All inclusive” tizimida ovqatlanish muhim. Shri-Lankada ham Turkiya va Misrdagi kabi uch martali ovqatlanish va ichimliklarni o‘z ichiga oladigan “All inclusive” tizimidagi mehmonxonalar bor. Dam olishni Shri-Lankada, okean yonidagi besh yulduzli mehmonxonada ovqatlanish bilan o‘tkazishdan ham yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin.
Hamyonboplik
Shro-Lankada hamyonbop dam olish va sayohat qilish mumkin. Tejab qolish istagi bilan bir kishi 100 dollarga bir hafta yashashi mumkin, bunda kurortlar va shaharlar o‘rtasida ko‘chish ham mumkin.
Gastronomik turizm

Ko‘plab sayohatchilar Shri-Lankadagi taomlar ko‘p jihatdan hindcha taomlarga o‘xshaydi deb o‘ylashadi: guruch, dengiz mahsulotlari, mevalar, karri, ziravorlar. Haqiqatda ham ziravorlar o‘xshash, lekin to‘g‘ridan to‘g‘ri orol tarixi bilan bog‘liq o‘xshashliklar ham bor. Turli xalqlar bilan o‘zaro munosabat tufayli – Shri-Lanka taomlari “chet ellar” ta’mini oldi. Shu tariqa bu yerliklarning dasturxonida kabob, biriani palovi, omlet, puding va teftel paydo bo‘lgan. Orolda “Halal” ovqatlanish konsepsiyasiga ega mehmonxonalar ham bor. Shri-Lanka taomlari xilma-xil va har bir kishiga ma’qul keladi.
Faol dam olish
Orol – vindsyorfing, suv chang‘isi, suv mototsikli, syorfing, yelkan sporti va suv ostida suzish uchun ideal joy. Bu yerda butun yil davomida kayak va kanoeda uchish hamda bularni piyoda sayr va kemping bilan birlashtirish mumkin.
Instagram-lokatsiyalar
Sayohatga borib, rasm olib kelmaslik – ijtimoiy tarmoqlar asrida bunaqasi bo‘lishi mumkinmi? Quyida Shri-Lankadagi Instagram-lokatsiyalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
- “The Coconut Tree Hill”
- “Demodara” ilmog‘i
- “Dondra” mayoqchasi
- “Jyetavana” hovonchasi
- “Diyaluma” sharsharasi yoki “Kelin fatasi”
- Mirissa
- “Pinnavela” fillar uyi
- Dikvella
- Kitulgala shahri
- “Yala” milliy bog‘i
Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz sharoitlari haqidagi batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti va quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun “Google Play” va “AppStore” orqali “Asialuxe Travel” mobil ilovasini yuklab oling.
Turistik to‘plamlarni “Asialuxe Travel” kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topishingiz mumkin.
Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!
Sayt: asialuxe.uz
Telegram-kanal:https://t.me/Asialuxe
Telegram/qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:59 / 16.06.2026
Amerikaning Expedia Group kompaniyasi va Asialuxe Travel JCh-2026 davomida O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari uchun mehmonxonalarni bron qilishni yo‘lga qo‘ydi
14:59 / 06.06.2026
Asialuxe Travel va Uzbekistan Airways tarixda ilk bor Samarqand – Antaliya to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini amalga oshirdi
17:00 / 14.05.2026
Antaliyaning eng yaxshi mehmonxonalariga qanday tezroq va arzonroq borish mumkin: Asialuxe Travel Alanya (GZP) orqali qulay yo‘nalish ochmoqda
19:00 / 08.05.2026