Ta’tilni uzaytirish vakolati hokimlarga berildi
14 ta hudud rahbarlari bog‘chalar, maktablar, professional ta’lim muassasalari va oliygohlardagi ta’tilni uzaytirish yo uzaytirmaslikni ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda mustaqil hal qiladi.

Foto: Kun.uz
Maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati hokimlarga berilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga bu masalada ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qila oladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hokimlarning bunday vakolatga egaligi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonida ko‘zda tutilgan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasida mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim sohasida tegishli vakolatlar berilgan.
Biroq, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu asos bo‘la olmaydi. 27-moddada mahalliy davlat hokimiyati organlariga ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv ta’tillarini belgilash yoki ularni bekor qilib, o‘quv jarayonlarini boshlash vakolati berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan anomal sovuq ob-havo munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til uzaytirilib, darslar 18 yanvardan boshlanishi rasman e’lon qilingan edi. Lekin, 10 yanvarga kelib, qator hududlardagi ta’lim muassasalarida darslar 11 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:17
-
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi
Jahon | 08:57
-
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 08:35
-
Xitoy Trampni o‘zaro bojlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi

16:40 / 18.12.2024