Vladimir Norovning yangi ish joyi ma’lum qilindi
Sobiq tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vladimir Imomovich Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.
Avvalroq, Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Saidov tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Norov 1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan. U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan (1998—2003 yillarda — O‘zbekistonning Germaniyadagi, o‘rindoshlik asosida – Polsha va Shveytsariyadagi elchisi. 2005—2006 yillarda — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi. 2014 yilning 2 dekabridan O‘zbekistonning Lyuksemburgdagi elchisi). 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.
Vladimir Norov 2017 yilning mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangan. 2019-2021 yillarda Shanhay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.
2021 yil 31 dekabr kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanadi. Abdulaziz Komilovning iste’foga chiqishi fonida esa 2022 yil 9 sentabr kuni Tashqi ishlar vazirligi rahbarligiga keladi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

15:27 / 21.06.2023
Vladimir Norov pensiyaga chiqdi

13:46 / 30.12.2022
Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

15:10 / 27.12.2022
Keyingi yil O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ochiladi

10:37 / 23.12.2022