Bir vaqtlar Ukrainadan yordam olgan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili hozirgi Gruziya hukumatini Ukrainaga nisbatan nodöstona harakatlari uçun allaqaçon qoraladi.
Ukrainaning Gruziyadagi muvaqqat işlari vakili Andrey Kasyanovning 9 yanvar kuni (2022 yil martidan beri Ukrainaning Gruziyada elçisi yöq), ma’lum qilişiça, Kiyev Tbilisidan 2008 yilgi uruş oldidan berilgan özining «Buk» tizimlarini qaytarişni söragan.
Ukraina söroviga AQŞ tomonidan Gruziyaga berilgan Javelin tankka qarşi tizimlari ham kiritilgan. «Vaşington nafaqat bu majmualarni Kiyevga topşirişga rozilik berdi, balki Gruziyaga ularni yanada zamonaviyroq qurollarga almaştirişni taklif qildi», deydi Kasyanov.
Ukrainalik diplomat Gruziya hukumati Ukrainaga qurol-yaroğ bilan yordam berişni «qat’iyan rad etgani»dan şikoyat qilgan.
10 yanvar kuni Gruziya mudofaa vazirligi Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişni rejalaştirmayotganini tasdiqlovçi bayonot berdi. Vazirlikning qöşimça qilişiça, gap faqat bitta «Buk» tizimi haqida bormoqda va bu tizimni Ukraina Gruziyaga şunçaki bermagan, balki bir neça million dollarlik şartnoma asosida sotgan.
Vazirlik şuningdek, Gruziya 2017 yilda AQŞning tankka qarşi Javelin tizimlari uçun ön millionlab dollar tölaganini ta’kidlagan.
«Gruziya öz imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda Ukrainaga insonparvarlik va siyosiy yordam körsatişda davom ettiradi», — deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.
«Buk» mojarosi
Öşa davrdagi Ukraina hukumatining rasmiy hisobotlariga köra, 2008 yilning 27 mayidan 8 avgustigaça Gruziyaga turli qurollar, şu jumladan bitta «Buk-M1» zenit-raketa majmuasi yetkazib berilgan.
Keyinçalik Oliy rada Ukraina harbiy texnikasining Gruziyaga yetkazib berilişini tekşirdi va tergov komissiyasining 2008 yil dekabr oyidagi hisobotida aytilişiça, qurollar jahon bozorida belgilangan narxlardan ança past narxlarda yetkazib berilgan.
Xususan, «Buk-M1» havo hujumidan mudofaa tizimi Gruziyaga atigi 20 million dollarga sotilgan, Pokiston esa xuddi şu vaqtda tizim uçun 100 million dollar taklif qilgan.
Keyinçalik, 2019 yilda uşbu şartnoma «Ukraina qurolli kuçlarining jangovar tayyorgarligi, samaradorligi va davlat mudofaa qobiliyatining pasayişiga olib kelgan davlatga xiyonat, qurol-yaroğ va harbiy texnikani talon-toroj qiliş» işi doirasida qaytadan taftiş qilindi.














