Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari qo‘mondoni yana o‘zgardi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovni Birlashgan qo‘shinlar qo‘mondoni etib tayinladi.

Foto: Getty Images
Bunga qadar bu lavozimni Sergey Surovikin egallab turgandi - u endi Gerasimovga o‘rinbosarlik qiladi. Qo‘mondonga yana ikki o‘rinbosar tayinlangan - Quruqlik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Oleg Salyukov va Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari Aleksey Kim.
«Maxsus amaliyotga rahbarlik darajasi oshishi hal etilajak vazifalar ko‘lami kengayishi, qo‘shinlar turlari orasidagi yanada yaqinroq hamkorlikni tashkil etish zarurati bilan bog‘liq», deya izoh bergan RF mudofaa vazirligi.
Surovikin Ukrainadagi qo‘shinlarga uch oy davomida qo‘mondonlik qildi, u oktyabr oyi boshida bu lavozimga tayinlangandi. O‘shanda tayinlovdan 10 kun o‘tib u hukumat bosqin boshidan buyon ilk bor teleefir orqali namoyish etgan ilk rossiyalik harbiy qo‘mondonga aylangandi.
«Rossiya 24» telekanalida namoyish etilgan chiqishida Surovikin Xerson bo‘yicha «oddiy bo‘lmagan qarorlar» qabul qilishga to‘g‘ri kelishini aytgandi. Keyingi oyda esa shahar tashlab chiqildi. Versiyalardan biriga ko‘ra, Surovikinning tayinlanishi Kreml Rossiya urush boshidan buyon egallab olgan yagona oblast markazidan qo‘shinlar olib chiqilishi uchun javobgarlikni kimgadir yuklash istagi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Yakunda chekinish to‘g‘risidagi qarorni Sergey Shoygu Surovikinning hisobotidan keyin qabul qildi, Putin esa bu holatga hatto izoh bermadi. Bir necha kun o‘tib u videoaloqa orqali Tyumen oblastida kurka yetishtirish bo‘yicha zavod ochilishi marosimida ishtirok etdi.
Surovikinning tayinlanishi Rossiya harbiy qo‘mondonligi, jumladan Valeriy Gerasimovga nisbatan misli ko‘rilmagan tanqidlar to‘lqini fonida sodir bo‘lgandi. Yangi qo‘mondon nafaqat harbiy blogerlarga, balki mudofaa vazirligining doimiy tanqidchisiga aylangan «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin hamda uning hammaslagi, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga ham juda ma’qul bo‘lgandi. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti ekspertlari hatto Xersonning boy berilishi ham Surovikinning urush tarafdorlari orasidagi obro‘sini tushira olmaganini qayd etishgan.
Shu kunlarda yana bir jiddiy tayinlov ro‘y bergani ma’lum qilingandi. «Markaz» qo‘shinlar guruhi rahbari ekanida harbiy xatoliklar uchun qattiq tanqid qilingan va lavozimidan ozod etilgan general-polkovnik Aleksandr Lapin, OAV ma’lumotiga ko‘ra, endi RF qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlangan. Qodirov, Prigojin va harbiy blogerlar Rossiya armiyasining kuzdagi muvaffaqiyatsizliklarida, jumladan Donetsk oblastining Liman shahridan chekinilishida aynan Lapinni ayblashgandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi

13:06 / 16.04.2025
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi

13:03 / 16.04.2025
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi

12:26 / 16.04.2025