Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ikki ayolni o‘ldirgan shaxs O‘zbekistonga qochgani aytildi
U qidiruvga berilgan. Rossiya Davlat Dumasi deputati uning ekstraditsiya qilinishiga erishmoqchi.
Xorij davlati fuqarosiga ikki shaxsni g‘arazli maqsadda o‘ldirganlik va bosqinchilik qilgani bo‘yicha sirtdan ayblovlar e’lon qilindi. Shuningdek, u sirtdan qamoqqa olindi, deb xabar berdi Rossiyaning Tergov qo‘mitasiga tayanib «Kommersant’».
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ismi sharifi keltirilmagan ayblanuvchi 74 yoshli ayol va uning 47 yoshli qizini o‘ldirgan. Ularning jasadlari o‘tgan yilning 26 dekabrida Krasnoyarsk viloyatining Voljskiy qishlog‘idagi xususiy turar joy binosida topilgan edi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlanishicha, gumondor 25-26 dekabr kunlari noqonuniy ravishda turar joy binosiga kirib, ayollarning boshi va tanasiga pichoq sanchgan. Oqibatda ular voqea joyida vafot etgan. Shundan so‘ng jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs uydan 300 ming rubl o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib ketgan.
Keyinchalik u Rossiya hududini tark etgan. Hozirda u qidiruvga berilgan.
Rossiya Davlat Dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn ma’lumotlariga ko‘ra, gumondor 34 yoshda bo‘lib, jinoyatga qadar marhumlarning uyida ta’mirlash ishlarini bajargan. Hozirgi vaqtda u O‘zbekistonda, deb hisoblamoqda deputat.
«Bu g‘ayriinsonni Rossiyaga ekstraditsiya qilinishiga erishaman», deb yozdi u o‘z telegram kanalida.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026