Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ular davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.

Foto: Getty Images
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (hozirgi Yoshlar siyosati va sport vazirligi) mansabdor shaxslari davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Agentlik tomonidan fuqaroning murojaati asosida tuzilgan ishchi guruh Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini o‘rgangan va ayrim mansabdor shaxslar tomonidan bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqlagan. Ularning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Jumladan, 2019 yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan turnir hamda o‘quv yig‘ini mashg‘ulotida O‘zbekiston milliy jamoasining ishtirokini ta’minlash uchun davlat budjetidan 334 mln so‘m, 20 680 yevro va 1500 dollar ajratilgan. Biroq, o‘rganishlar davomida ushbu xalqaro tadbirlar uchun sarflangan mablag‘larni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.
Shuningdek, 2019 yilda Tokio va Pekinda sinxron suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqalarga mas’ullar 1015 dollar miqdorida ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ygan.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan 2020 yilda budjet mablag‘lari hisobidan sport jihozlari sotib olish uchun «Mashxim» MChJ, «Arabboy sport» XK va «Sport jihoz lyuks» korxonasi bilan 45 ta holatda 15 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzilgan. O‘rganishda 6 ta shartnoma bo‘yicha sotib olingan 2,9 mlrd so‘mlik jihozlarning foydalanish uchun tarqatilganini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan.
O‘rganish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksi 167-moddasining 3-qismi, «a» bandi (davlat mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi
Jahon | 23:26 / 30.05.2025
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54 / 30.05.2025
-
30 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:30 / 30.05.2025
-
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?
Jamiyat | 22:30 / 30.05.2025
Mavzuga oid

19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi

15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi

20:59 / 16.04.2025