Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maqsadga erishildi». RF mudofaa vazirligi - Ukraina bo‘ylab navbatdagi yoppa raketa zarbalari haqida
Raketalardan biri Dniproda turar joy binosiga tushishi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgan.
RF mudofaa vazirligi har kunlik brifingida Ukraina bo‘ylab 14 yanvar kuni yo‘llangan zarbalar chog‘ida rossiyalik harbiylar Ukraina harbiy boshqaruv tizimi va u bilan bog‘liq energetika obektlarini aniq nishonga olgani haqida ma’lum qildi.
«Belgilangan barcha obektlar aniq nishonga olindi. Zarbadan ko‘zlangan maqsadga erishildi», — degan RF mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
Vazirlikning telegramdagi sahifasida joylashtirilgan postda «Zaryajayem po polnoy» («To‘liq o‘qlaymiz») yozuvi aks etgan surat e’lon qilingan.

Yoppasiga zarbalar oqibatida, Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning olti oblastida energetika obektlari shikastlangan. Dniproda raketa to‘qqiz qavatli turar joy binosiga kelib tushgan, natijada 27 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.
«Agenstvo»ning yozishicha, 14 yanvar kuni Rossiya Ukraina bo‘ylab 2022 yil sentabridan buyon eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lgan zarbalar yo‘lladi, o‘shanda Zaporijjya oblastida gumanitar karvon o‘qqa tutilishi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026