Rossiyada mahalliy amaldorlarga chet elga chiqish yashirincha taqiqlandi
Yuqori lavozimli shaxslarga xorijga chiqishdan «tiyilish» tavsiya etildi.

Rossiyaning ayrim viloyatlari rahbariyati mansabdor shaxslarga xorijga ta’tilga chiqishni yashirincha taqiqladi, deb yozdi «Kommersant».
Jumladan, Novgorod va Bryansk viloyatlari, Mari El, Chuvashiya, Shimoliy Osetiya va boshqa hududlar rasmiylariga sayohat qilishdan tiyilish tavsiya etilgan.
Bryansk rasmiylaridan 2022 yil fevral oyidayoq mamlakatni tark etmaslik so‘ralgan edi. Yanvar oyida «Yedinaya Rossiya»ning Tambov viloyati Dumasidagi rahbari Yuriy Plujnikov partiyadoshlaridan chet elga, hatto Rossiyaga nisbatan do‘stona bo‘lgan mamlakatlarga ham bormaslikni so‘radi. Sverdlovsk viloyati parlamentidagi «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Yelena Chechunovaning aytishicha, bu mavzu «fraksiya a’zolari uchun norasmiy tavsiyalar formatida» muhokama qilingan.
11 yanvar kuni Ulyanovsk viloyati rahbari Aleksey Russkix farmonga imzo chekdi, unga ko‘ra mansabdor shaxslar va deputatlarga chet elga chiqishdan tiyilish «tavsiya etilgan». Gubernator ma’muriyati matbuot kotibi Aleksey Preobrajyenskiy mamlakatni tark etishni qonun bilan taqiqlash mumkin emasligini tan oldi, chunki viloyat hokimiyati bunday vakolatlarga ega emas. Biroq, rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, «bu tavsiya nimani anglatishini hamma tushunadi».
Xuddi shunday tashabbus Vologda viloyati rahbari Oleg Kuvshinnikov tomonidan ham ilgari surilgan. «Mamlakat uchun mana shunday og‘ir vaqtda dabdabali dam olish maskanlarida dam olish va ijtimoiy tarmoqlarda qasddan provokatsion suratlarni ommaga ko‘rsatish deputatlar, har qanday darajadagi amaldorlar uchun nomaqbuldir», dedi 16 yanvar kuni gubernator. Shu tarzda u Dubayda yangi yil ta’tilini o‘tkazgan «Yedinaya Rossiya»dan Vologda Dumasi deputati Denis Doljyenkoning sayohatiga munosabat bildirdi.
Xorijga ta’tilga ketgani uchun tanqid qilingan yana bir amaldor Meksikada dam olgan Kursk viloyati dumasi deputati Maksim Vasilevdir. Senator Andrey Turchak uni «najas» deb atadi. Deputat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan suratlar tufayli janjal kelib chiqqan edi.
The Insider nashrining aniqlashicha, sanksiyalar ostida qolgan Rossiya xavfsizlik amaldorlari, mulozimlari va deputatlarning farzandlari va boshqa qarindoshlari xorijda, jumladan, NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida dam olishda davom etmoqda. Masalan, Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkinning qizi Veronika yangi yil bayramini Bali va Dubayda o‘tkazdi. Shuningdek, mudofaa vaziri Sergey Shoygu qizi Kseniya ham Dubayga sayohat qildi. Yuqori lavozimli ushbu shaxslar qarindoshlarining xorijga sayohat qilishi Rossiya matbuotida muhokama etilmadi.
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025