Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Rossiyaning Donbass va Qrim annexiasini tan olishdan bosh tortdi
Tehron va Moskva o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlarga qaramay, Eron Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi.
Foto: Getty Images
Eron Ukrainaning annexia qilingan hududlarini Rossiyaniki deb tan olmaydi.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Turkiyaning TRT World telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Biz xalqaro huquq doirasida mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz va shu sababli Tehron va Moskva o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlarga qaramay, Qrimning Ukrainadan ajratilishini tan olmaymiz. Biz Lugansk va Donetskning Ukrainadan ajratilishini tan olmaymiz», dedi Eron TIV rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari tashqi siyosatda «izchillik tamoyiliga» sodiq qoladi.
«Biz Ukrainadagi urush yechim emas deb hisoblaymiz va bu boradagi fundamental siyosiy tamoyilga asoslanadigan pozitsiyamizga ishonamiz», dedi Abdullohiyon.
Rossiya Qrimni 2014 yilda annexia qildi. 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiya hukumati Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlarini annexia qilganini e’lon etdi. Kiyevning fikricha, Rossiya nazorati ostidagi hududlar vaqtinchalik bosib olingan.
Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi urushda Eronda ishlab chiqarilgan dronlardan foydalanmoqda. Tehron bir necha oy davomida Moskvaga uchuvchisiz samolyotlar yetkazib berganini rad etib keldi. Biroq 2022 yilning noyabrida Eron tashqi ishlar vaziri buni birinchi marta tan oldi. Uning ta’kidlashicha, bu urush boshlanishidan oldin yuborilgan oz sonli dronlardir.
Mavzuga oid
21:32 / 16.01.2026
Ukrainada yangi korrupsion mojaro. Nishonda – Timoshenko
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
19:12 / 16.01.2026
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
16:57 / 16.01.2026