O‘zbekiston | 11:34 / 20.01.2023
7103
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga davolanish maqsadida eng ko‘p tojikistonliklar kelgan

2022 yilning 11 oyida 65,6 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,1 ming nafarga yoki 2,5 martaga oshgan.

11 oyda  davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni bo‘yicha Tojikiston birinchi o‘rinni egalladi — 34,1 ming kishi. 

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston — 23,9 ming kishi;
  • Qirg‘iziston — 6,4 ming kishi;
  • Rossiya — 1,1 ming kishi;
  • Turkiya — 37 kishi.

Mavzuga oid

E`lonlar