O‘zbekiston | 20:27 / 20.01.2023
36480
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlik: O‘qish 23 yanvardan an’anaviy tarzda boshlanadi

Oliy ta’lim muassasalarida darslar onlayn bo‘lmaydi.

Foto: Kun.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishi haqida xabar berdi.

«Joriy yilning 23 yanvaridan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi», deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik shu tariqa OTMda darslar 1 fevralga qadar onlayn bo‘lishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi.

  • Ma’lumot uchun, talaba-o‘quvchilarning o‘z ta’lim muassasalariga qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23 yanvarga qadar uzaytirilgan.
  • Eslatib o‘tamiz, qishki ta’tildan keyin oliygohlarda darslar 9 yanvardan boshlanishi kerak edi. Avvaliga qattiq sovuq tufayli 18 yanvarga ko‘chirilgan birinchi o‘qish kuni keyinchalik aksariyat hududlarda 23 yanvar kuniga surilgandi.

Mavzuga oid