Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya va KXDR o‘rtasida harakatlanayotgan poyezdning maxfiy suratini namoyish etdi
Unda qurol tashilayotgan bo‘lishi mumkin.
AQSh rasmiylari Rossiya va KXDR o‘rtasida harakatlanayotgan poyezdning maxfiy suratini namoyish qildi. Ularning fikriga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi qurol savdosidan darak beradi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
2022 yil noyabr oyida olingan suratlarda Rossiya va KXDR o‘rtasida harakatlanayotgan rus vagonlari aks etgan. AQSh rasmiylarining fikricha, vagonlar ichida «Vagner» XHK uchun mo‘ljallangan raketalar bo‘lgan. AQSh bu yuklar urush yo‘nalishini o‘zgartirganiga ishonmaydi, dedi Kirbi, lekin bunday ta’minot davom etayotganiga ishonadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyadan qurol-yarog‘ sotib olish BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzadi.
Noyabr oyida Qo‘shma Shtatlar KXDR Rossiyaga qurol yetkazib berayotganini e’lon qilgan edi. Amerika razvedkasi Pxenyan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika uchun harbiy ta’minot bahonasida Rossiyaga 122 va 152 millimetrlik snaryadlarni yuborganini xabar qildi.
Shimoliy Koreya bu ayblovlarni rad etdi. «Biz Rossiya bilan hech qachon «qurol bitimlari»ga ega bo‘lmaganimizni va kelajakda buni amalga oshirish rejalarimiz yo‘qligini yana bir bor aniq aytamiz», dedi KXDR Milliy mudofaa vazirligi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026