O‘zbekiston | 21:18 / 22.01.2023
66325
8 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda 3-chorak onlayn boshlanadigan maktablar ro‘yxati e’lon qilindi. So‘nggi ma’lumotlar

Toshkent shahridagi mavjud 335 umumta’lim muassasasidan 278 tasida 23 yanvar kuni o‘quv mashg‘ulotlariga ruxsat beriladi.

Foto: Kun.uz

23 yanvar kunidan O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida III chorak o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi.

Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasi darslar masofaviy ta’limga o‘tkazilgan maktablarni tumanlar kesimida keltirdi.

«Mutaxassislarning bildirishicha, o‘quvchilar ta’lim oladigan sinfxonalarda havo harorati +18 darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, ertaga mavjud 335 ta’lim muassasasidan 278 tasida III chorak dars mashg‘ulotlari boshlanadi.

Ammo havo harorati yuqorida belgilanganidan past ko‘rsatkichga ega 57 ta umumta’lim muassasasida uzluksiz ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich boshlanishi rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.

Darslar onlayn boshlanadigan maktablar ro‘yxati:

  • Bektemir tumanidagi 345-, 346-, 347-, 348-sonli maktablar;
  • Mirobod tumanidagi 83-, 94-sonli maktablar;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-, 209-sonli maktablar;
  • Olmazor tumanidagi 1-, 28-sonli maktablar;
  • Sergeli tumanidagi 33-, 68-, 269-, 352-sonli maktablar;
  • Uchtepa tumanidagi 199-, 251-sonli maktablar;
  • Chilonzor tumanidagi 79-, 101-, 114-, 138-, 162-, 163-, 168-, 173-, 178-, 179-, 181-, 182-, 183-, 184-, 188-, 201-, 202-, 232-, 270-, 280-, 281-sonli umumta’lim maktablari, 4-sonli maxsus maktab-internati;
  • Shayxontohur tumanidagi 19-, 39-, 59-, 82-, 85-, 92-, 132-, 141-, 167-, 169-, 180-, 186-sonli maktablar;
  • Yunusobod tumanidagi 87-, 259-sonli maktablar;
  • Yangihayot tumanidagi 2-, 3-, 334-sonli maktablar;
  • Yashnobod tumanidagi 145-sonli umumta’lim maktabi, 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me’yoridan pastligi tufayli dars mashg‘ulotlari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.

Namangan viloyatida 23 yanvar kuni 710 ta umumta’lim maktablaridan 692 tasida o‘quv jarayonlari to‘liq boshlanadi.

Qolgan 18 ta umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari isitish tizimida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanguncha masofaviy tarzda o‘qitiladi.

Bular:

  • Namangan shahridagi 1-, 7-, 50- maktab;
  • Mingbuloq tumanidagi 4-, 25-maktab;
  • Pop tumanidagi 1-maktab;
  • Norin tumanidagi 1-maktab;
  • Chust tumanidagi 74-maktab;
  • Chortoq tumanidagi 16-, 49-maktab;
  • Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 9-, 10-,15-, 42-, 43-maktab;
  • Chust tumanidagi 42-maktab;
  • Uchqo‘rg‘on tumanidagi 46-maktab;
  • Norin tumanidagi 47-maxsus maktab-internati. 

Jizzax viloyatida 23 yanvarda mavjud 555 ta umumta’lim maktablaridan 524 tasida darslar an’anaviy tarzda boshlanadi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, gaz bosimi past bo‘lgan 31 ta umumta’lim maktablarida uzluksiz ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich boshlanishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

  • Sh.Rashidov tumanidagi 1-, 3-, 5-, 13-, 14-, 15-, 16-, 23-, 27-, 28-, 29-, 30-, 31-, 32-, 33-, 35-, 36-, 38-, 49-, 55-, 59-sonli maktablar;
  • Jizzax shahridagi 16-, 8-, 2-, 11-, 12- va 19-sonli maktablar, Nurli maskan 32-internati;
  • Zarbdor tumanidagi 1 va 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati me’yoridan pastligi tufayli dars mashg‘ulotlari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.

Buxoro viloyatida mavjud 530 ta maktabning barchasida 23 yanvar kuni darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanadi.

«Ma’lumki, yurtimizda havo haroratining keskin pasayib ketishi sababli viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida qishki ta’til joriy yilning 22 yanvar kuniga qadar uzaytirilishi belgilangan edi. Buxoro viloyati hokimligining tegishli bayoniga asosan, ertaga, 23 yanvar kunidan viloyatimizda mavjud 530 ta  umumta’lim maktablarining barchasida o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy tarzda boshlanishini ma’lum qilamiz», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

Surxondaryo viloyatida ham ayrim maktablar darslarni masofaviy tarzda davom ettiradi.

Issiqlik ta’minotida muammosi bor va boshqa sabablarga ko‘ra quyidagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari mavjud holat yaxshilanguniga qadar onlayn shaklda olib boriladi:

  • Angor tumanidagi “Nurli maskan” ko‘zi ojizlar maktabi;
  • Denov tumanidagi 1, 3, 4, 5, 7, 8, 9, 10, 15, 16, 24, 28, 31, 34,  35, 44, 50, 53, 55, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 62, 63, 65, 71, 73, 74, 75, 76, 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84, 85, 94, 97, 98-sonli maktablar, 2, 10, 11-IDUMlar va 67-SIMI;
  • Jarqo‘rg‘on tumanidagi 32-sonli maktab;
  • Uzun tumanidagi 2, 4, 5, 12, 27, 28, 31, 36, 63, 64-sonli maktab va 61-IDUM;
  • Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli maxsus maktab;
  • Termiz shahridagi 12-,17-sonli maktablar.

Mavjud holat yaxshilanishi bilan ushbu maktablarda ham dars mashg‘ulotlari an’anaviy shaklda olib borilishi ma’lum qilingan.

Farg‘ona viloyati XTB boshlig‘i Sherzod Dolimov Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, viloyatdagi barcha maktablarda 23 yanvar kuni darslar to‘liq an’anaviy tarzda boshlanadi.

Sirdaryo viloyatida quyidagi maktablarda darslar masofaviy boshlanadi.

Shahar va tumanlar kesimida ro‘yxat:

  • Boyovut tumanidagi 4-, 6-, 14-, 17-, 18-, 19-, 23-, 25-, 28-, 29-, 30-, 31-, 35-, 39-, 40-, 42- va 46-sonli maktablar;
  • Guliston tumanidagi 1-, 2-, 3-, 7-, 9-, 13-, 15-, 16-, 19-, 22-, 26- va 30-sonli maktablar;
  • Mirzaobod tumanidagi 1-, 5-, 10-, 11-, 12- va 24- sonli maktablar; 
  • Oqoltin tumanidagi 5-, 7-, 9-, 11-, 12-, 15-sonli maktablar;
  • Sardoba tumanidagi 3-, 7-, 12- va 14-sonli maktablar;
  • Sayxunobod tumanidagi 2- va 17-sonli maktablar;
  • Sirdaryo tumanidagi 1-, 7-, 21-, 31-, 41- va 42-sonli maktablar.

Viloyatdagi qolgan barcha maktablarda o‘qish an’anaviy bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatidagi 18 ta maktabda darslar vaqtincha onlayn o‘tiladi.

Bular:

  • Qarshi shahridagi 1, 3, 19, 11, 34-sonli maktablar hamda 18 va 19-sonli maxsus maktab-internatlar;
  • Shahrisabz shahridagi 1, 5 va 9-sonli maktablar;
  • Dehqonobod tumanidagi 29-sonli maktab;
  • Qamashi tumanidagi 8-sonli maktab;
  • Qarshi tumanidagi 10 va 12- sonli maktablar;
  • Muborak tumanidagi 22-sonli maktab;
  • Shahrisabz tumanidagi 15, 16-sonli maktab-internatlar;
  • Chiroqchi tumanidagi 19-sonli maktab-internat.

Xorazm viloyatida darslar 505 ta maktabda an’anaviy tarzda, sinfxonalarida harorat belgilangan me’yorda bo‘lmagan 38 ta umumta’lim maktablarida esa vaqtincha masofaviy usulda o‘tkaziladi.

Darslar masofaviy usulda boshlanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxati:

  • Xiva shahridagi  2-, 3-, 4-, 7-, 8-, 13-, 14-, 15-, 18-, 19-, 21-sonli maktablar;
  • Bog‘ot tumanidagi  2-sonli IMI, 92 –sonli IMI, 4-, 21-, 38-, 48-sonli maktablar;
  • Tuproqqal’a tumanidagi 2-, 21-sonli maktablar;
  • Urganch tumanidagi 5-, 17-sonli maktablar;
  • Xonqa tumanidagi  37-, 38-sonli maktablar; 
  • Shovot tumanidagi 2-, 31-, 41-,46-, 47-, 52-sonli  maktablar;
  • Yangiariq tumanidagi  2-, 7-, 25-, 37-sonli maktablar;
  • Yangibozor tumanidagi 3-, 7-, 8-, 12-, 32-sonli maktablar.

Toshkent viloyatida 23 yanvardan 886 ta umumta’lim maktablaridan 603 tasida o‘quv jarayonlari to‘liq boshlanadi. Qolgan 279 ta umumta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari masofaviy olib boriladi. Jumladan: 

  • Angren shahridagi 2 ta,
  • Chirchiq shahridagi 7 ta, 
  • Yangiyo‘l shahridagi 13 ta, 
  • Bekobod tumanidagi 35 ta, 
  • Bo‘ka tumanidagi 10 ta, 
  • Bo‘stonliq tumanidagi 20 ta, 
  • Zangiota tumanidagi 14 ta, 
  • Qibray tumanidagi 11 ta, 
  • Quyi Chirchiq tumanidagi 23 ta, 
  • Oqqo‘rg‘on tumanidagi 16 ta, 
  • Ohangaron tumanidagi 23 ta, 
  • Parkent tumanidagi 6 ta, 
  • Piskent tumanidagi 6 ta, 
  • O‘rta Chirchiq tumanidagi 21 ta, 
  • Toshkent tumanidagi 21 ta, 
  • Chinoz tumanidagi 14 ta, 
  • Yuqori Chirchiq tumanidagi 7 ta, 
  • Yangiyo‘l tumanidagi 32 ta maktabda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 30 ta maktablarda issiqlik harorati pastligi sababli o‘quv mashg‘ulotlari masofaviy shaklda tashkil etilib, bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tishi xabar qilingan.

Ammo bu qaysi maktablar ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Navoiy viloyatida 23 yanvardan mavjud 350 ta umumta’lim maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy tarzda boshlangan.

Zarafshon shahridagi 13 ta maktabda darslar 16 yanvardan boshlangan edi.

Samarqand viloyatidagi barcha maktablarda darslar 18 yanvardan buyon an’anaviy shaklda olib borilmoqda.

Andijon viloyati XTB  20 yanvar kuni 23 yanvardan viloyatdagi 763 ta umumta’lim maktablaridan 747 tasida o‘quv jarayonlari to‘liq boshlanishi, qolgan 16 ta umumta’lim muassasalarida (shundan 5 tasi Andijon shahrida) o‘quv jarayonlari onlayn olib borilishi, bu ma’lumot yangilab borilishi ma’lum qilingan. Ammo keyingi kunlarda qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Qolaversa, Kun.uz ma’lumotiga ko‘ra, 23 yanvardan birgina Andijon shahrining o‘zida 29 ta maktabda darslar onlayn boshlanishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid