O‘zbekiston Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan foydalanishi masalasi muhokama etildi
O‘zbekiston prezidenti Eron tashqi ishlar vazirini qabul qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning 2022 yil sentabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro muloqotlar faollashgani, savdo izchil oshib borayotgani va yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchayganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ilgari surish, jumladan, Chobahor va Bandar-Abbos portlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
19:32 / 07.11.2024