Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda boyligi qonuniyligini isbotlashi kerak bo‘lgan boylar ro‘yxati tuziladi
Agar boyligining kelib chiqishi qonuniy ekanini isbotlay olmasa, ular davlatga o‘tkaziladi.
Qozog‘istonda mulki to‘g‘risida maxsus deklaratsiya taqdim etishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tuzilmoqda. Bu haqda Bosh vazir Alixon Smailov raisligida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy siyosat kengashi yig‘ilishida so‘z bordi.
Yig‘ilishda prezident topshirig‘iga ko‘ra, qonunga xilof ravishda mamlakatdan olib chiqilgan aktivlarni davlatga qaytarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Hujjat aktivlarni noqonuniy olib chiqishga barham berish, shuningdek, ularni ixtiyoriy ravishda yoki majburan qaytarishni rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatda o‘z aktivlari haqida qo‘shimcha hisobot berishi kerak bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati tuziladi. Agar ro‘yxatdagi shaxs o‘z aktivlarining qonuniy kelib chiqishini tasdiqlay olmasa, ular asossiz ravishda qo‘lga kiritilgan deb hisoblanadi va davlat daromadiga aylantirilishi kerak.
Qaytarilgan aktivlar Qozog‘iston xalqi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarga yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Smailov Adliya vazirligiga bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda qonun loyihasini har tomonlama o‘rganishni davom ettirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022 yil yanvardagi norozilik namoyishlaridan so‘ng darhol hukumat va Bosh prokuraturaga xorijga noqonuniy olib chiqib ketilgan kapitalni Qozog‘istonga qaytarish masalasini ishlab chiqishni topshirgan edi.
Qonun loyihasi 31 martga qadar parlamentga kiritilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 12.06.2026
Qozog‘istondagi ikki prezidentparast partiya saylov oldidan birlashdi
18:28 / 12.06.2026
Qozog‘istonda pora berish niyati jinoyatga tenglashtirildi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026