BYD: endi rasman O‘zbekistonda!

Foto: UzAuto Motors
Ushbu yilning 23 yanvar sanasida UzAuto va BYD kompaniyalari rasman O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi “BYD Uzbekistan Factory” MChJ Qo‘shma Korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
“BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasi, Xitoyning elektromobil ishlab chiqarishda giganti hisoblanuvchi BYD kompaniyasining mamlakatdan tashqaridagi ilk hamkorlik loyihasi bo‘ldi. Bu, albatta, o‘zbek avtomobilsozligiga berilgan ijobiy baholardan biri hamdir.
Qo‘shma korxonaning asosiy yo‘nalishlari O‘zbekistonga yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi BYD avtomobillarini yetkazib berish, ishlab chiqarish va sotishdan iborat. Natijada, yaqin kelajakda O‘zbekistonda BYD avtomobillarini mahalliylashtirish maqsadida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan to‘liq sikl ishga tushiriladi.
“BYD Uzbekistan Factory” elektromobillardan tashqari, O‘zbekiston bozoriga BYD brendi ostidagi eng mashhurlardan hisoblangan Plug-in (PHEV) gibrid elektromobillarini ham olib kirmoqchi. Bu turdagi avtomobillar bitta zaryad va zapravka bilan 1 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘ta oladi.
Tez orada BYD elektromobillari, shu jumladan gibrid elektromobillari rasmiy dilerlik markazlarida mijozlar uchun taqdim etiladi. Bu o‘z navbatida BYD elektromobillari egalari uchun yuqori malakali mutaxassislar rasmiy uskunalar va dasturiy ta’minotlar yordamida xizmat ko‘rsatishini anglatadi. Haydovchilar ustalarni qidirib yurishi, proshivka masalasida boshni qotirmasligi kafolatlanadi, chunki avtomobillar to‘lig‘icha o‘zbekistonliklar uchun moslashtirilgan bo‘ladi.
Tez orada “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasi O‘zbekistonda uch turdagi BYD modellarini taqdim etadi:
BYD Chazor 05 DMi (gibrid)
BYD Song Plus DMi (gibrid va elektromobil)
BYD Han (elektromobil)
Tez orada Toshkent shahrida avtomobillar sotuvi hamda sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlar, servis xizmatlarini taqdim etuvchi dilerlik tizimi va stansiyalari tashkil etiladi. Bundan tashqari, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlovchi ovozli yordamchi, interfeys va dasturiy ta’minot O‘zbekistonda avtomatik tarzda doimiy yangilanib turiladi.
Albatta, xalqaro elektromobil ishlab chiqaruvchi liderning O‘zbekistonga kirib kelishi o‘zbek avtomobil bozorida o‘z so‘zini aytmay qo‘ymaydi, avtomobilni xarid qilmoqchi bo‘lgan mijozlar yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarning ustunlik tomonlarini o‘zida his etadi va avtomobillarni “qo‘ldan” emas, kompaniyaning o‘zidan bemalol xarid qila oladi.
Kompaniya dilerlaridan yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni rasmiylashtirish orqali siz nafaqat uning to‘liq qulayligini his etasiz, balki ham arzonroq, ham kafolatlangan avtomobildan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.
BYD – yangi energiya manbalarida (NEV) harakatlanuvchi transport vositalarini ishlab chiqarishda Tesla kompaniyasini ham ortda qoldirib dunyo yetakchici bo‘lib turibdi.
UzAuto matbuot hizmati
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qo‘qonda tez tibbiy yordam mashinasida ko‘chat tashigan haydovchi ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:36
-
AQSh Senati qisqa muddatli budjetni tasdiqlash orqali shatdaunga yo‘l qo‘ymadi
Jahon | 10:21
-
Yangiyo‘lda ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi
O‘zbekiston | 10:06
-
Tramp: Ukrainada urushni tugatish uchun yaxshi imkoniyat bor
Jahon | 09:41
Mavzuga oid

15:08 / 13.07.2023
UzAuto Motorsʼning Asakadagi zavodi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi

15:58 / 24.03.2023
“UzAuto”: Bozor sharoitida daromadli ishlab chiqarish

18:55 / 22.03.2023
UzAuto: Nurafshonda Navro‘z sayli! Yangilanish, mehr-oqibat ayyomi xalqimizni birlashtiradi

17:00 / 02.03.2023