O‘zbekiston | 21:43 / 26.01.2023
19961
15 daqiqa o‘qiladi

86 ta vazirlik va idora 70 taga qisqardi (ro‘yxat)

Ma’muriy o‘zgarishlardan oldingi va keyingi vazirlik-idoralar ro‘yxati.

Vazirlar Mahkamasi

Ma’muriy o‘zgarishlarga qadar Vazirlar Mahkamasi tizimiga 25 ta vazirlik va 61 ta idora (jami 86 ta davlat boshqaruvi organi) kirgan.

O‘zgarishlardan keyin esa Vazirlar Mahkamasi 21 ta vazirlik va 48 ta idoradan (jami 69 ta) iborat bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi Statistika agentligi sifatida qayta tashkil etilib, hukumat tarkibidan chiqarildi va prezident huzuriga o‘tkazildi. Davlat organlari sonidagi qisqarish – 16 foiz.

69 ta vazirlik va idoradagi shtat birliklari 24 foizga qisqarib, xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar bo‘ladi (17 447 ta shtat yopiladi). Xususan, rahbar o‘rinbosarlari soni 207 tadan 144 taga kamayadi. Nobudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarini kiritish taqiqlandi (ishlab chiqarish shtatlarini tashkil etishga taqiq yo‘q).

Kun.uz o‘zgarishlardan oldingi va keyingi vazirlik va idoralar ro‘yxatini to‘liq holda, alifbo tartibida keltirib o‘tishga qaror qildi.

2023 yil 1 yanvargacha:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
  8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi
  9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
  10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
  11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
  12. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  14. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi
  15. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi
  16. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
  17. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  18. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
  19. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
  20. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
  21. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi
  22. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi
  23. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
  24. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
  25. O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi
  26. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
  27. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
  28. O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi
  29. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
  30. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
  31. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
  32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
  33. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi
  34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi
  35. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
  36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi
  37. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
  38. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi
  39. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
  40. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi
  41. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
  42. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi
  43. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
  44. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  45. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi
  46. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
  47. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi
  48. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
  49. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
  50. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
  51. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi
  52. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati
  53. O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi
  54. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
  55. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi
  56. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
  57. O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi
  58. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
  59. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
  60. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
  61. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temiryo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
  62. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
  63. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
  64. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi
  65. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
  66. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
  67. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
  68. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
  69. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi
  70. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
  71. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
  72. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
  73. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi
  74. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
  75. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
  76. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident ta’lim muassasalari agentligi
  77. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
  78. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
  79. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
  80. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
  81. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “O‘zbekchorvanasl” agentligi
  82. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
  83. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
  84. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
  85. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
  86. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi

2023 yil 1 yanvardan:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi
  4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
  5. O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi
  6. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  7. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi
  8. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
  9. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda holatlar vazirligi
  10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
  11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi
  13. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
  14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi
  15. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
  16. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
  17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi
  18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi
  19. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
  20. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi
  21. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
  22. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi
  23. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi
  24. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
  25. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
  26. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
  27. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi
  28. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
  29. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi
  30. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi
  31. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
  32. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
  33. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
  34. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi
  35. O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi
  36. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
  37. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi
  38. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
  39. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
  40. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi
  41. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
  42. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi
  43. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasi
  44. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi
  45. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi
  46. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
  47. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
  48. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi
  49. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
  50. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat inspeksiyasi
  51. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi
  52. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
  53. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
  54. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi
  55. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
  56. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
  57. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi
  58. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi
  59. O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi
  60. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
  61. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi
  62. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
  63. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
  64. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
  65. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
  66. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temiryo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
  67. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
  68. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
  69. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi

Mavzuga oid