Germaniya TIV taşqi işlar vaziri Annalena Berbokning 24 yanvar kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi (YeKPA) yiğilişidagi: «Biz bir-birimizga emas, Rossiyaga qarşi uruş olib bormoqdamiz», degan rezonansli bayonotiga izoh berdi. 26 yanvar, payşanba kuni Germaniyaning Bild gazetasi: «Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbarining bu gapi jahon ommaviy axborot vositalarida bir zumda tarqalib, hayrat va tanqidga sabab böldi», deb yozdi. Naşr Germaniya hukumatining pozitsiyasi Berbokning sözlariga qarama-qarşi ekanini bildirdi: kansler Olaf Şols Germaniya uruş iştirokçisiga aylanmasligi kerakligini bir neça bor aytgan. Naşr söroviga javoban Germaniya Taşqi işlar vazirligi Annalena Berbokning iborasiga aniqlik kiritdi.

«Rossiya Ukrainaga qarşi şafqatsiz uruş olib bormoqda. Bu Yevropa dunyo tartibi va xalqaro huquqqa qarşi ham uruşdir. 24 yanvar kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi a’zolari bilan bölib ötgan uçraşuvda taşqi işlar vaziri Berbok Yevropa birgalikda bu uruşga qarşi turişi kerakligini ta’kidladi», deyiladi vazirlik javobida.

«Xalqaro huquq bir ma’noli, - deb ta’kidlanadi izohda. - Ukrainaning Rossiya tajovuzkor uruşiga qarşi BMT Nizomida mustahkamlangan özini özi himoya qiliş şaxsiy huquqini amalga oşirişda qöllab-quvvatlaş Germaniyani mojaro iştirokçisiga aylantirmaydi». «Ehtimol, Taşqi işlar vazirligining rasmiy javobidagi sönggi ibora Annalena Berbok öz bayonotida biroz qizişib ketganidan dalolat beradi», deb ta’kidladi Bild gazetasi.

25 yanvar kuni Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berişni ma’qulladi va bu qaror Germaniya ittifoqçilari bilan «kelişuv va yaqin hamkorlikda» qabul qilinganini ta’kidladi. Kansler, uning sözlariga köra, «Ukrainadagi uruşning Rossiya va NATO örtasidagi uruşga aylanib ketişining oldini olişga imkon beruvçi» tamoyilga Germaniya hukumati kelajakda ham amal qilişiga işontirdi.