Xavfli nafas olish apparatlari tufayli Philipsʼga qarshi kollektiv da’vo kiritildi
Da’vo arizasi kompaniya uch yil oldin chaqirib olgan nafas olish apparatlaridagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq.
Germaniyaning 20 mingga yaqin fuqarosi Yevropadagi Philips Respironics kompaniyasiga qarshi kollektiv da’vo kiritdi. Da’vo arizasi kompaniya uch yil oldin chaqirib olgan nafas olish apparatlaridagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq, deb xabar beradi Bild.
Qayd etilishicha, apparatlarning chaqirib olinishiga unda nuqsonli material aniqlangani sabab bo‘lgan. Material undan foydalanganlarning nafas yo‘llariga o‘tib, zarar yetkazgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim qurilmalarda potensial xavfli kimyoviy vositalar aniqlangan.
NDR ma’lumotlariga ko‘ra, muammo Yevropadagi 1,2 millionga yaqin insonga taalluqli bo‘lib, apparatlarning chaqirib olinishi tibbiy uskunalar tarixidagi eng yirik voqealardan biri hisoblanadi.
Kollektiv da’voni Italiyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkiloti ilgari surmoqda. Agar shikoyatchilar sudda yutib chiqsa, apparatdan foydalangan fuqarolar yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya olishlari mumkin bo‘ladi.
Philipsʼdagilar o‘tkazilgan testlar davomida bemorlar salomatligiga jiddiy zarar yetkazish holatlari aniqlanmaganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
10:11 / 15.11.2024
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
14:00 / 14.11.2024
XDI rahbari Mers Germaniya siyosatini tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
07:50 / 12.11.2024