Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino Shomurodovning «Roma»dan ketayotganini tasdiqladi
«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino «Napoli»ga qarshi yakshanba kungi o‘yin oldidan bugun, 28 yanvar kuni matbuot anjumanida qatnashib, Eldor Shomurodovning yangi jamoaga o‘tayotganini tasdiqladi.
«Ha, Neapolga bir o‘yinchi kam keldik. Shomurodov o‘z mehnatlari evaziga maydonga chiqib, futbol o‘ynashga munosib. U o‘tgan vaqt davomida bizga yordam berishga tayyor turish uchun mashg‘ulotlarda borini berib ishladi. U fantastik yigit. Voqealar rivoji qanday bo‘lishini ko‘ramiz, balki yarim yildan keyin qaytar», - deydi rimliklarning portugaliyalik murabbiyi.
O‘zbekistonlik hujumchi «Spetsiya»ga o‘tayotgani sababli Joze Mourino tomonidan «Napoli»ga qarshi Neapoldagi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq, Shomurodov «Spetsiya»ga yarim yilga ijaraga berilishi ma’lum qilingandi. Insayder di Marsioga ko‘ra, buning uchun Rim klubiga 1,5 million yevro to‘lanadi.
Ma’lumot uchun, «Spetsiya» A Seriyada 15-pog‘onada bormoqda va ligada eng kam gol urgan jamoalardan biridir. Shomurodov bu mavsum A Seriyada 6ta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Eldor 2021 yilning yozida «Jyenoa»dan 17 million yevro evaziga «Roma»ga ko‘chib o‘tgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:21 / 29.06.2026
Shomurodov JCh guruh bosqichidagi eng chiroyli gol muallifi bo‘lishga da’vogar
14:49 / 29.06.2026
«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
21:50 / 28.06.2026