Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda ayblanayotganlarga 31 yanvar kuni sud hukmi o‘qiladi
22 nafar sudlanuvchiga nisbatan sud hukmi Buxoro viloyati sudi binosida e’lon qilinadi.
2023 yil 31 yanvar kuni soat 10.00 da Buxoro viloyati sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinadi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Yanvar oyi boshida davlat ayblovchisi sudlanuvchilarga ayblanayotgan moddalar bo‘yicha ularning aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlashni, jumladan, Nukus voqealaridagi bosh gumondor Dao‘letmurat Tajimuratov va Lolagul Qallixanovaga mos ravishda 18 va 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini so‘ragan edi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
10:15 / 17.06.2026