Rossiyaning Xitoyga qaramligi kuçaymoqda. Dollarni yuanga almaştiriş ortida qanday xavflar mavjud?
|22:59 / 30.01.202381 40412 min
Rossiya rasmiylarining Xitoy Moskvaga sanksiyalarni çetlab ötişda yordam berişi borasida qilgan umidlari röyobga çiqmadi. Xitoy sanksiyalarga qöşilmadi, lekin joriy qilingan taqiqlarga ehtiyotkorlik bilan amal qildi. Rossiyaning Xitoyga iqtisodiy qaramligi esa kuçayib bordi.
Uruşni davom ettirayotgan Rossiya uçun asosiy muammolardan biri bu taşqi savdo hisob-kitoblarini qanday hal qiliş masalasidir. Rossiyaning yirik banklari SWIFT tizimidan uzib qöyildi, transçegaraviy operatsiyalar uçun kanallar soni keskin kamaydi, dollar va yevroda valuta operatsiyalarini amalga oşiriş ança qiyinlaşdi. Hukumat eksport uçun pul oliş va import uçun tölovni amalga oşirişning yangi sxemalari va yeçimlarini izlaşga majbur böldi.
Agar 2022 yil bahorida uruş uzoq davom etmasligi va avvalgi tartiblarga qaytiş mumkinligi haqida hali ham kiçik umid bölgan bölsa, hozir vaziyat juda çigal. Kreml ayni vaqtda hatto Eronda keng tarqalgan «havala» tölov tizimidan foydalaniş masalasini muhokama qilişga ham tayyor, bu tizim pul yuvişga qarşi qonunlar tufayli köplab mamlakatlarda noqonuniy hisoblanadi.
Hukumat va biznes milliy valutada operatsiyalar amalga oşiriş, barter, naqd tölovlar va boşqa sxemalarga ötişga harakat qildi, biroq 2022 yil uçun tizimli yeçim topilmadi. Ammo uşbu qidiruvlar davomida allaqaçon aniq trend şakllandi: asosiy e’tibor kriptovalutalarga va tölovlarni yuanlaştirişga qaratildi. Bu esa, öz navbatida Rossiya iqtisodiyotining barça xavflar bilan birga Xitoy valutasiga qaramligini tez sur’atlar bilan oşirib boryapti.
Dollardan yuanga
Iqtisodiy mustaqillik Vladimir Putin dunyoqaraşiga köra, suverenitet asoslaridan biridir. Ğarb moliyaviy sanksiyalarni qöllaş orqali Rossiyaning uşbu sohadagi zaifligini körsatdi, ya’ni Rossiya hukumati uçun hozirda asosiy vazifa dollarni çetlab ötgan holda (ya’ni Amerika banklaridagi vakillik hisoblarisiz), boşqa davlatlar bilan hisob-kitob qiliş imkonini beradigan yangi yeçim yaratişdir.
Agar hisob-kitob mexanizmi, qoida tariqasida, moliyaviy ma’lumotlarni uzatişning an’anaviy kanallaridan mustaqil bölsa bu yanada yaxşi xabar. Çunki bunday tizim sabab sanksiyalar, jurnalistlarning e’tibori va boşqa yoqimsiz narsalardan qörqişga hojat qolmaydi.
Biroq Kreml dollardan mustaqillik haqida xayol surayotgan bir paytda, reallikda muqobil variantlar yöqligi Rossiya firmalarini rubl va Xitoy yuanidagi operatsiyalarni amalga oşirişga majbur qilmoqda.
Uruşdan oldin ham Rossiya banki Rossiya moliya sektorining Moskvaga qarşi sanksiyalar qöllagan Ğarb davlatlari valutalariga, birinçi navbatda, AQŞ dollariga boğliqligini kamaytiriş yölidan borayotgandi.
Mavzuga oid
Uruş boşlanib, sanksiyalar kengaytirilgaç, bu jarayonni tezlaştirişga töğri keldi. 2022 yilning uçinçi çoragida Rossiya bank tizimidagi valuta aktivlari darajasi 15 foizga tuşib ketdi, bu tarixdagi eng past qiymat böldi. Töqqiz oy içida Rossiya bozorida dollardagi hisob-kitoblar uluşi 52 foizdan 34 foizga, yevrodagi amaliyotlar esa 35 foizdan 19 foizga kamaydi. Ularning örnini rubl (12,3 foizdan 32,4 foizgaça) va yuandagi (0,4 foizdan 14 foizgaça) hisob-kitoblar egalladi. Yuanning uluşi birja savdolarida ham keskin oşdi — 3 foizdan 33 foizga.
Dollar va yevrodan foydalaniş xavfini minimallaştiriş istagi firmalarni savdo operatsiyalari uçun yuandan tobora köproq foydalanişga majbur qildi, banklar yuan vositalarini taklif qila boşladi, kompaniyalar Xitoy valutasida obligatsiyalar çiqardi. 2023 yilda Moliya vazirligi budjet yuritiş qoidasini yangilaydi. Budjetning neft va gaz daromadlari 8 trillion rubldan ötgandan keyingina vazirlik oçiq bozorda valuta sotadi yoki sotib oladi.
13 yanvardan 6 fevralgaça 54,5 milliard rubllik valuta sotiş rejalaştirilgan. Valuta operatsiyalari uçun asos Moliya vazirligi hisobvaraqalaridagi taxminan 3,1 trillion rublni taşkil etadigan yuandagi likvid aktivlar (Milliy boylik jamğarmasining likvid aktivlari tarkibidagi taqsimlaş uçun mavjud bölgan jami mablağning 40 foizdan ortiq qismi) böladi. Bu miqdor hozirça katta emas va Rossiyadagi sönggi uç oydagi yuan aylanmasining atigi 3 foizini taşkil qiladi, xolos. Ammo umuman olganda, rubl kursi uçun bu özgaruvçanlikning pasayişini anglatadi.
Moliya vazirligi operatsiyalari valuta tebranişlarini yumşatadi, neft narxi özgarişi ortidan valuta kursida keskin sakraşlar kamroq böladi hamda ular firmalar va aholini bezovta qilmaydi, inflyatsion kutilmalarni pasaytiradi. Ammo Moliya vazirligi endilikda Xitoy valutasining barqaror manbasiga muhtoj. Moskva birjasida esa yuan tanqisligi yangi yil ta’tili oldidan allaqaçon kuzatildi.
2022 yil oxirida Moliya vazirligi Milliy boylik jamğarmasining (Rossiya davlat zaxira fondi) valuta tarkibiy qismi tuzilmasini ham qayta körib çiqdi: yuanning maksimal uluşi ikki baravarga oşib, 60 foizni taşkil qildi. Agar Rossiya 2023 yilda neft va gazdan qöşimça daromad olişga muvaffaq bölsa, u holda ularni dollar va yevroda emas, yuanda jamğaradi.
Rossiya hukumati faxrlanib ta’kidlayotgan dollarsizlaştiriş aslida yuanlaştirişga aylanmoqda. Rossiya yuan valuta maydoniga intilmoqda va dollarga qaramlikni yuanga qaramlikka almaştirmoqda. Bunday almaşuvni işonçli deb ataş qiyin: Rossiya zaxiralari va tölovlariga Xitoy kommunistik partiyasi va Xitoy Xalq bankining valuta kursini boşqariş böyiça qarorlari bevosita ta’sir qiladi. Va agar Kremlning Pekin bilan munosabatlari yomonlaşsa, zaxiralarni yöqotiş yoki tölovlarni töxtatiş xavfi yana paydo böladi.
Yuanning globallaşuvi
Xitoydagi kapital operatsiyalari böyiça mavjud çeklovlar tufayli yuan töliq zaxira valutasiga aylana olmaydi. Uning global zaxiralardagi uluşi (atigi 3 foiz) dollar (60 foiz) va yevro (20 foiz) gegemonligi fonida arzimas körinadi. Ammo Xitoyga yirik energiya eksport qiluvçi va u yerdan turli tovarlarni import qiluvçi Rossiyaning yuanga tobora ortib borayotgan qaramligi Xitoy hukumatiga yuanni xalqaro darajaga olib çiqişga yordam bermoqda. Oktyabr oyida Moskva Xitoydan taşqarida yuan bilan savdo qiliş hajmi böyiça törtinçi örinni egalladi. Aprel oyida şahar bu borada ön beştalikka ham kirmas edi.
Yuanning globallaşuvi öziga xos yölga ega. Bu uning boşqa mamlakatlar zaxiralaridagi uluşining ösişi orqali emas, balki berilgan hisob-fakturalar va tölovlar soni köpayişi orqali amalga oşiriladi. Mamlakatlar Xitoy bilan qançalik köp savdo qilsa, ularning zaxiralaridagi yuanning uluşi ham şunçalik yuqori böladi. Xitoy yuandagi savdoni rağbatlantirişda juda mohir, bunda u panda obligatsiyalari, Xitoy taraqqiyot banklari kreditlari, global kliring tarmoği va CIPS tölov tizimidan (SWIFT’ning analogi) foydalanadi.
Xitoy valutasi global tölovlarda dollar, yevro, ingliz funti va yapon iyenasidan söng barqaror ravişda beşinçi örinni egallaydi (iyenaga deyarli yetib olgan). Savdo ekspansiyasini qöllab-quvvatlaş uçun boşqa mamlakatlar bilan yuan swap-liniyalarini oçiş böyiça ikki tomonlama kelişuvlar tuzilmoqda — Xitoy Xalq banki hozirda kamida 39 ta davlat markaziy banki bilan şunday kelişuvlarga ega bölib, uşbu bitimlarning umumiy qiymati 3,7 trillion yuanga (550 milliard dollar) teng.
Favqulodda likvidlik liniyasi sifatida swap liniyalaridan foydalanadigan AQŞ Federal zaxira tizimidan farqli ölaroq, Xitoy Xalq banki ularni savdoni qöllab-quvvatlaş vositasi sifatida köradi. swap’lar hajmi odatda şartnoma imzolagan mamlakatlarning yalpi içki mahsulotiga nisbatan ança katta.
Rossiyalik siyosatçilar yuanning xalqaro ekspansiyasi dollar qulaşiga olib kelişini aytişni yaxşi körişadi. Ammo aslida bunday emas. Yuanning globallaşuvi qançalik kuçaysa, Xitoy hukumatining dollar zaxiralariga bölgan ehtiyoji ham şunçalik ortadi. AQŞ valutasi Xitoy hukumatiga ofşor bozorlarda, birinçi navbatda Hongkongda yuanning başorat qilinadigan kursini qöllab-quvvatlaş uçun kerak.
Şunday qilib, yuanning zaxira valutasi sifatida kuçayişi dollarning zaiflaşişiga olib kelmaydi, aksinça, valutalar bir-birini töldiradi. Moskva uçun bu birinçi navbatda Pekin dollarga nisbatan salib yurişida unga yomon ittifoqçi bölişini anglatadi.
Kriptovaluta böyiça hamkorlar
Rossiya va Xitoy örtasidagi özaro hamkorlik kriptovalutalar bozorida ham ösmoqda. Hozirça Rossiya faqat taşqi savdo operatsiyalarida kriptovalutalar bilan tölov usulini sinovdan ötkazmoqda. Ammo Markaziy bank 2023 yilda transçegaraviy hisob-kitoblarni raqamli rublda — milliy raqamli valutada (CBDC) olib boriş rejasini işlab çiqmoqda. Hozirda ikkita variant bor, birinçisi — banklar örtasidagi vakillik hisoblarining muqobili sifatida CBDC platformalarini integratsiya qiliş böyiça ikki tomonlama şartnomalar tuziş, ikkinçisi — davlatni, unda işlaydigan turli mamlakatlarning raqamli valuta platformalari örtasidagi tölovlarni amalga oşiradigan yagona integratsiya platformasiga ulaş.
Birinçi variant juda qulay: raqamli rubldan pul ötkazmalari yoki import uçun qisman tölov kabi transçegaraviy tölovlarni amalga oşirişda foydalaniş mumkin. Uşbu variantdagi maqsadlar va summalar xalqaro şartnomalar bilan çeklanişi mumkin.
Ikkinçi variant texnologik jihatdan ilğorroq: platforma namunaviy standartlar va özaro aloqa protokollariga ega böladi va şunga mos ravişda milliy raqamli valutasi kamroq rivojlangan davlatlar ularga muvofiq hamkorlik qiladi.
Uşbu CBDC varianti ma’lum xavflarni ham öz içiga oladi: fiat valutaga (kursi bozor, bank zaxiralaridan emas, hukumat tomonidan ta’minlanuvçi valutalar) boğlangan xorijiy raqamli milliy valutalar beqaror inflatsiya va valuta kurslari mavjud bölgan mamlakatlarda faol jamğarma töplaşi yoki tölovlarni CBDC’da tölaşni rağbatlantirişi mumkin.
Faqatgina Xitoy Rossiya uçun ikkala variantda ham şerik bölişi mumkin. Xitoyda Alipay va WeChat Pay platformalari orqali raqamli tranzaksiyalar hajmi 2019 yilning birinçi yarmida 166,1 trillion yuanga (23,8 trillion dollar) yetgan edi. Bundan taşqari, Xitoy ikki yildan beri CBDC’ning prototipi bölgan E-CNY’ni içki pulning uçinçi şakli sifatida sinab körmoqda. 2022 yil kuz fasli örtalarida xitoyliklarning 140 millionga yaqini E-CNY raqamli hamyoniga ega böldi va undagi tranzaksiyalar 62 milliard yuandan (9 milliard dollar) oşdi. Texnologik jihatdan rivojlangan Pekin, katta ehtimol bilan, platformaning işlaşi uçun öz şartlari va qoidalarni qöyadi, Moskva esa ikkinçi darajali rolga ötadi.
Strategik qullik
Rossiya rahbariyati Rossiya va Xitoy örtasidagi strategik şeriklik haqida gapirişni yaxşi köradi va özaro hamkorlikning çegarasi yöqligini ta’kidlaydi. Aslida esa, bu hamkorlik tobora kuçayib borayotgan iqtisodiy qaramlikka aylanmoqda.
Rossiya Xitoy tovarlari uçun ança likvid bozor va Ğarb sanksiyalari tufayli Xitoy Rossiyaning asosiy savdo şerigiga aylandi. Xitoy firmalari parallel import dasturlariga qöşilib, Rossiyani tark etgan Ğarb kompaniyalari örnini egallaşga harakat qilmoqda. Misol uçun, Rossiya avtomobil bozorida hozirda faqatgina 14 ta brend qolgan va ulardan 11 tasi Xitoyniki.
Xitoyning UnionPay tölov tizimi rossiyaliklar uçun çet elda karta bilan tölov qilişning yagona yölidir. 2022 yil oxiriga kelib Xitoy Rossiya tovar importining 40 foizdan ortiğini ta’minlay boşladi. Xitoydan yetkazib beriladigan ta’minotga qaramlik kölami böyiça Rossiya Şimoliy Koreyadan keyin ikkinçi öringa çiqdi.
Rossiya rasmiylarining Xitoy Moskvaga sanksiyalarni çetlab ötişda yordam beradi, degan umidlari amalga oşmadi. Xitoy sanksiyalarga qöşilmadi, lekin joriy qilingan çeklovlarga ehtiyotkorlik bilan amal qildi. Bu paytda Rossiyaning Xitoyga iqtisodiy qaramligi yanada kuçayib bormoqda. Demak, Kreml özining «Şarqqa burilişi» siyosatida hatto öz rejalariga zarar yetkazgan taqdirda ham Xitoyning geoiqtisodiy manfaatlarini hisobga olişga majbur böladi.