Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Janubiy Koreyani himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini bildirdi
AQSh va Janubiy Koreya fikriga ko‘ra, KXDR mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtiradi.
AQSh Janubiy Koreyani himoya qilish uchun oddiy va yadroviy qurollardan foydalanish tarafdori, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
U Seulda, Janubiy Koreya milliy mudofaa vaziri Li Chjon Sop bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu mavzuni ko‘tardi, deb xabar berdi Regnum.
«Qo‘shma Shtatlar tiyib turish bo‘yicha kengaytirilgan majburiyatga qat’iy sodiqdir, bu esa AQSh harbiy salohiyatining to‘liq spektridan, jumladan oddiy va yadroviy qurollardan, shuningdek, raketaga qarshi mudofaa tizimidan foydalanishni o‘z ichiga oladi», dedi Ostin.
Shuningdek, u KXDR harakatlarini qoralab, 2022 yilda Shimoliy Koreya rasmiylari «misli ko‘rilmagan miqdordagi provokatsiyalar» sodir etganini aytdi. Pentagon rahbari ta’kidlaganidek, AQSh va Janubiy Koreya KXDR mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtiradi, deb hisoblaydi.
Koreya yarimorolidagi vaziyat 2022 yil dekabrida Shimoliy Koreyaning dronlari Janubiy Koreya havo hududiga bostirib kirganidan keyin yana keskinlashdi. Ular 2017 yildan beri birinchi marta Koreyalararo chegarani kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. Shunga qaramay, Janubiy Koreya KXDR bilan birlashishning yangi rejasini ishlab chiqmoqchi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026