Jahon | 22:32 / 01.02.2023
89565
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyaga aloqador o‘zbekistonlik fuqarolarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Sanksiyalarning yangi ro‘yxatida O‘zbekistonning 2 nafar fuqarosi bor.

Foto: REUTERS/Brian Snyder

AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan navbatdagi sanksiyalarni joriy qildi. Qora ro‘yxatga Singapur, Latviya, Kipr, Isroil, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari kiritilgan. 

Jumladan, ro‘yxatda O‘zbekistonning 2 nafar fuqarosi bor. Ular: Gilad Piflaks (1992 yilda Toshkentda tug‘ilgan, O‘zbekiston va Isroil fuqaroligiga ega) va Maks Borisovich Piflaks (1962 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega, 2002 yilda Kiprda tashkil etilgan Mateas Ltd kompaniyasi rahbari).

Ro‘yxatdagi boshqa shaxslar:

- Marks Blats (Latviya);

- Serena Bi Lin (Singapur);

- Igor Palnichenko (Kipr);

- Aleksandr Volfovits (Kipr, Isroil);

- Ariel Volfovits (Kipr);

- Stanislav Volfovits (Kipr, Isroil);

- Igor Zimenkov (Isroil, Rossiya);

- Natan Zimenkov (Rossiya). 

Yuridik shaxslar ro‘yxati:

- Asia Trading & Construction PTE LTD (Singapur);

- DES Defense Engineering Solutions LTD (Isroil);

- Elektrooptika SIA (Latviya);

- GBD LTD (Kipr);

- GMI Global Manufacturing & Integration LTD (Kipr);

- Kliosa LTD (Kipr);

- Mateas LTD (Kipr);

- Pitaron LTD (Kipr);

- Terra-AZ LTD (Kipr);

- Texel FCG Technology LTD (Isroil);

- U-Stone LTD EOOD (Bolgariya);

- VFC Solutions LTD (Kipr). 

AQSh Moliya vazirligining ta’kidlashicha, yuqorida sanab o‘tilganlar Rossiya harbiy-sanoat kompleksini (HSK) qo‘llab-quvvatlash maqsadida sanksiyalardan qochgan jismoniy va yuridik shaxslarning «global tarmog‘i»dir. Bu haqda «Kommersant’» yozdi. 

«Rossiya AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun «qo‘g‘irchoqlar»dan foydalanishga urinmoqda. Bu umidsiz urinishlar sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun Putinning urush mashinasini qayta ta’minlashni ancha qiyinlashtirganini va qimmatga tushganini ko‘rsatmoqda», deydi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo. 

AQSh moliya vazirligi Igor Zimenkovni «Zimenkov tarmog‘i» rahbari, Rossiya va Kipr fuqaroligiga ega «qurol savdogari» deb biladi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uning oilasidagi ba’zi odamlar sanksiyalangan «Rostex» va «Rosoboroneksport» korporatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Mavzuga oid