Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasul Kusherbayev vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Foto: Kun.uz
Oliy Majlisning sobiq deputati Rasul Kusherbayev faoliyatini Tabiat resurslari vazirligida davom ettiradi. Kun.uz manbalari xabariga ko‘ra, u bugun, 1 fevral kuni vazir maslahatchisi etib tayinlangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan vazirlikni sobiq bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshqarmoqda.
36 yoshli Rasul Kusherbayev oxirgi yillarda O‘zbekiston parlamentidagi eng taniqli deputat edi. Xususan, ekologik mavzularda ham faollik ko‘rsatgan.
U 2014 va 2019 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. 2022 yil dekabrda budjet muhokamalarida unga so‘z berilmaganidan norozi bo‘lib, iste’foga chiqqandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025