Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektoriga zarba berdi
Isroil harbiylariga ko‘ra, mamlakat harbiy-havo kuchlarining havo zarbalari nishoni HAMASning qurol ishlab chiqaradigan zavodlari bo‘lgan.

Foto: MAHMUD HAMS/GETTY IMAGES
Isroil harbiy-havo kuchlari 2 fevral, payshanbaga o‘tar kechasi G‘azo sektoriga havodan zarba berdi, deya xabar qilmoqda Reuters voqea guvohlariga tayanib. Qayd etilishicha, bir necha soat avval Isroil harbiylari G‘azo sektoridan Isroilga qarata otilgan raketani tutib olgan.
Javob zarbasi nishoni, Isroil tomonining fikricha, HAMAS guruhining qurol ishlab chiqarish zavodlari bo‘lgan. Xabar e’lon qilingan vaqtda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Ayni paytda, 1 fevral kuni Isroilga uyushtirilgan raketa hujumi uchun mas’uliyatni na HAMAS harakati, na boshqa guruhlar o‘z zimmalariga olgani yo‘q.
31 yanvar kuni Yaqin Sharq mintaqasiga amaliy safar bilan borgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken yanvar oyida Isroilga uyushtirilgan ikki hujumdan so‘ng avj olgan Falastin-Isroil mojarosini yumshatishga chaqirdi. Falastin tomoniga ko‘ra, bu fojiali voqealardan oldin Iordan daryosining g‘arbiy sohilida Isroil harbiy reydi begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan.
O‘sha kuni, 31 yanvar kechqurun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu CNN telekanaliga bergan intervyusida Falastin tomoni bilan muzokaralarga «ochiq» ekanligini va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi. Shu bilan birga, u qisqa muddatda isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘lida sezilarli taraqqiyot kutilmasligiga ishora qildi. «Men, albatta, ular o‘zlarini boshqarish uchun to‘liq vakolatga ega bo‘lishlarini xohlayman, lekin bizga tahdid soladigan kuch bo‘lmasligi kerak», — dedi Isroil rahbari.
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Kuydirgi bo‘yicha qo‘shni mamlakatda vaziyat jiddiy - Sanepidqo‘mita
Jamiyat | 21:22
-
Toshkentda savdo korxonasida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 21:20
-
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 21:17
Mavzuga oid

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

07:13 / 10.07.2025
Makron G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

13:05 / 09.07.2025