Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«G‘arb Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan munosabatlarni uzishga majburlamoqda» - Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri G‘arb possovet hududining qayerida paydo bo‘lsa, har doim Rossiyaga qarshi ish olib borayotganini aytdi.
Foto: Rossiya TIV
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan munosabatlarni uzishga majburlamoqchi bo‘layotgan «G‘arb urinishlari» haqida gapirdi.
«Markaziy Osiyo davlatlari masalasiga kelsak. Aslida, biz buni Tashqi ishlar vazirligi va xavfsizlik xizmatlari doirasida do‘stlarimiz bilan ochiqchasiga muhokama qilmoqdamiz. Bu bevosita mamlakatlar xavfsizligi bilan bog‘liq. G‘arblik hamkasblarimiz ko‘p yillar davomida bizga amerikaparast, Yevropaparast, NATO tarafdori bo‘lgan nohukumat tashkilotlarini tiqishtirishyapti. Masalan, AQSh Davlat departamenti qoshida faoliyat yurituvchi va vaqti-vaqti bilan «yumshoq» emas, balki «qattiq» kuchga aylanishga moyil bo‘lgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi kabi tuzilmalar. Menimcha bu borada bahslashishga hojat yo‘q», dedi u.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb «yumshoq kuch»ning ushbu vositalaridan hech bo‘lmaganda Rossiya va uning qo‘shnilari, jumladan, Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari o‘rtasidagi ittifoqchilik do‘stona munosabatlarining yanada rivojlanishiga shubha uyg‘otish uchun foydalanmoqchi.
«Ammo men G‘arbning bu «urinishlari» qandaydir jiddiy ijobiy reaksiyaga sabab bo‘layotganiga shubha qilish uchun hech qanday asos ko‘rmayapman», dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «G‘arb bizning umumiy makonimizda qanday maqsadlarni ko‘zlayotganini do‘stlar yaxshi tushunadi. Shuning uchun ular G‘arb ta’siriga bo‘ysunmaydigan, noqonuniy ta’sirlardan himoyalangan shakllarda integratsiya rejalarini yanada rivojlantirishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mexanizmlarni qurish va yaratishni istaydi».
«G‘arb possovet hududining qayerida paydo bo‘lsa, har doim Rossiyaga qarshi ish olib boriladi», dedi u.
Mavzuga oid
08:45 / 18.12.2025
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
23:24 / 12.12.2025
Qozog‘iston eshiklari markaziy osiyolik migrantlar uchun «ochilishi» mumkin
13:31 / 12.12.2025