TikTok endi dunyodagi eng mashhur ilova emas
ChatGPT neyrotarmog‘i ishga tushirilganidan atigi ikki oy ichida 100 million faol foydalanuvchiga ega bo‘ldi.
Shov-shuvga sabab bo‘lgan ChatGPT tarixdagi eng tez rivojlanayotgan servis-ilovaga aylandi va atigi ikki oy ichida obunachilari sonini 100 milliondan oshirdi. Va bu hali hamma mamlakatlarda ishlamasligi va faqat ingliz tilini qo‘llab-quvvatlashiga qaramay.
Taqqoslash uchun, 100 million obunachini to‘plash uchun TikTok 9 oy, Instagram esa 2,5 yil sarflagan edi, deb yozdi Engadget.
Hisobotda aytilishicha, ChatGPT yanvar oyida kuniga o‘rtacha 13 million noyob foydalanuvchiga ega bo‘lgan, bu dekabr oyidagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.
OpenAI kompaniyasining ChatGPT xizmati o‘tgan yilning oxirida internetni zabt etdi. Bu qiyin savollarga oson va ishonchli javob beradigan, shuningdek, nasr, she’r yoki kompyuter kodini yozishi mumkin bo‘lgan bepul chatbot hisoblanadi.
ChatGPT generativ sun’iy intellekt (SI) asosida ishlaydi. U katta hajmdagi ma’lumotlarga o‘rgatilgandan so‘ng yangi kontent yarata oladi.
Fevral oyi boshida OpenAI kompaniyasi ChatGPT Plus deb nomlangan oyiga 20 dollarlik pulli versiya paydo bo‘lishini e’lon qildi. Abonentlar savollarga qisqa muddatda javob olish, hatto eng tig‘iz paytlarda ham servisga kirish, yangi funksiyalardan birinchi bo‘lib foydalanish va chatbotni yaxshilash jarayonida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yaqinda Microsoft ushbu texnologiyani Word va Bing qidiruv tizimiga integratsiyalash bo‘yicha tajriba o‘tkaza boshladi, shuningdek, loyihaga «bir necha milliard dollar sarmoya kiritish» haqidagi mish-mishlarni tasdiqladi.
Shu bilan birga, Google kompaniyasi ChatGPT imkoniyatlaridan jiddiy xavotirda va yil oxirigacha taqdim etiladigan 20 ta yangi SI servisini tayyorlamoqda.
Mavzuga oid
00:05 / 23.12.2024
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
22:17 / 20.12.2024
Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
20:34 / 17.12.2024